IELTSda yuqori ball oling – British Council materiallari bilan tayyorlaning. IELTS Ready Premium’dan foydalaning.
Agar siz O‘zbekiston fuqarosi bo‘lsangiz va yaqinda IELTS dan 7.0 yoki undan yuqori ball olgan bo‘lsangiz, imtihon to‘lovingizni to‘liq qaytarib olish huquqiga ega bo‘lishingiz mumkin. Ushbu tashabbus O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va mamlakat yoshlari o‘rtasida ingliz tilini o‘rganishni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Kimlar uchun mo‘ljallangan?

To‘lovni qaytarib olish uchun quyidagi talablarga mos bo‘lishingiz kerak:

 • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishingiz kerak
 • Yoshingiz 30 dan kichik bo‘lishi kerak
 • IELTS dan 7.0 yoki undan yuqori ball olgan bo‘lishingiz kerak
 • Imtihonni British Council kabi rasmiy IELTS provayderi orqali topshirgan bo‘lishingiz kerak

Eslatma: Agar arizachi 16 yoshdan kichik bo‘lsa, uning o‘rniga ota-onasi yoki qonuniy vakili ariza topshirishi mumkin.

Qanday murojaat qilish kerak?

To‘lovni qaytarish uchun ariza ‘xazna’ mobil ilovasi orqali topshiriladi. Jarayon tez, to‘liq raqamlashtirilgan va qulay.

Bosqichma-bosqich yo‘riqnoma: 

1. IELTS uchun to‘lov kvitansiyasi va sertifikatingizni PDF formatda skanerlang.

2. Milliy elektron hukumat portali — my.gov.uz (https://my.gov.uz/) — saytida ro‘yxatdan o‘ting yoki tizimga kiring.

3. “Kompensatsiya xizmati” bo‘limiga o‘ting.

4. O‘zingiz haqingizda (yoki farzandingiz haqidagi, agar u 16 yoshdan kichik bo‘lsa) ma’lumotlarni to‘ldiring.

5. Ro‘yxatdan “Xalq banki”ning eng yaqin filialini tanlang.

6. Sertifikat ma’lumotlarini kiritib, sertifikat va to‘lov kvitansiyasini PDF fayllar sifatida ilova qiling.

7. 15 ish kuni ichida arizangiz ko‘rib chiqilgani haqida SMS-xabar olasiz.

8. Ariza tasdiqlangach, my.gov.uz’dagi shaxsiy kabinetga kirib, “Murojaatlar” bo‘limidan kompensatsiya buyruq hujjatini yuklab oling.

9. Tanlagan Xalq banki filialiga ushbu hujjat bilan boring va pul mablag‘ini naqd shaklda oling.

Yoki, mablag‘ni ‘xazna’ mobil ilovasi orqali ham olish mumkin.

Nega bu muhim?

IELTS’dan 7.0 yoki undan yuqori ball olganingiz – bu nafaqat ingliz tilini bilishingizni ko‘rsatadi, balki sizga davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dastur orqali o‘qish va martaba yo‘lingizda yangi imkoniyatlar ochiladi degani.

Shunday ekan, British Council bilan IELTS uchun ro‘yxatdan o‘ting va ushbu imkoniyatdan unumli foydalaning!

Savollaringiz bormi?

Biz yordam berishga tayyormiz! Biz bilan bog‘laning.