Aptis imtihonini topshirmoqchi bo'lsangiz uning tarkibi va tuzilishi bilan tanishib chiqishingiz yuqori natijalar ko'rsatishingizga yordam beradi.

Aptis testini bajarish uchun qancha vaqt talab etiladi?

Aptis imtihonining bajarilish uchun sarflanadigan vaqt tanlangan til ko'nikmalariga bog'liq. Har bir ko'nikma uchun ajratiladigan eng maksimal vaqt quyidagicha:

  • Grammatika va so'z boyligi: 25 daqiqa,
  • So'zlashish: 12 daqiqa,
  • Yozish: 50 daqiqa,
  • O'qish: 35 daqiqa,
  • Tinglash: 40 daqiqa.

Aptisning tanlangan shakliga ko'ra: Aptis Advanced, o'qituvchilar uchun Aptis va o'smirlar uchun Aptisda ba'zi bir ko'nikmalar uchun ajratilgan vaqt yuqoridagidan farq qilishi mumkin. Barcha ko'nikmalarning sahifalariga tashrif buyurib to'liq ma'lumot olishingiz mumkin. 

Tayyorlanish uchun materiallar

Tayyorlanish uchun maslaxatlar bilan tanishing va tanishuv videolarini tomosha qiling.  Shuningdek siz tanishuv imtihonini bajarishingiz, Umumiy Aptis va Aptis Advanced bo'yicha yo'riqnomalarni yuklab olishingiz mumkin.

Ingliz tili darajangizni oshirish va mashq qilishingiz uchun bizda Learn English web sahifasi mavjud. Bu yerda siz turli hildagi tayyorlanish materiallari, foydali maslaxatlar va bepul qo'llanmalarga ega bo'lasiz.