Aptis ESOL natijalaringiz haqidagi barcha zarur maʼlumotlarni bu yerdan topishingiz mumkin.
Aptis ESOL imtihoningiz natijalari uch xil usulda taqdim etiladi:
- Raqamli ball: har bir tarkibiy qism uchun 0 dan 50 gacha boʼlgan ball
- Har bir til koʻnikmasi uchun Umumyevropa til koʻnikmasi standartlari (CEFR) boʻyicha koʻrsatkich
- Umumyevropa til koʻnikmasi standartlari (CEFR) bo‘yicha umumiy daraja.
Aptis ESOL sertifikatining bosma va raqamli shakllari teng darajada haqiqiy boʻlib, barcha test topshiruvchilar uchun taqdim etiladi.
Agar sertifikatingizni qabul qiluvchi tashkilotga taqdim etishingiz zarur boʻlsa, ular email orqali yuborilgan nusxani qabul qilishlari yoki qogʻoz nusxasini talab qilishlarini aniqlash uchun ular bilan bogʻlanishingizni soʻraymiz.
Agar sertifikatingizning qogʻoz nusxasini taqdim etishingiz kerak boʻlsa, uni chop etishda quyidagilarga eʼtibor bering:
- faqat A4 formatdagi qogʻoz oʻlchamini tanlang
- ikki tomonlama va rangli chop etish sozlamalarini tanlang
- faqat A4 120 gsm oq qogʻozdan foydalaning
Har bir nomzod sertifikatiga ijtimoiy tarmoq profillarida ulashish mumkin boʻlgan CEFR darajasini koʻrsatuvchi raqamli nishon ilova qilinadi. Ushbu xususiyat nomzodlarga oʻz yutuqlarini namoyish etish orqali ish topish imkoniyatlarini oshirish va portfoliolarini boshqalardan ajratib koʻrsatish imkonini beradi.
Aptis ESOL natijalari hisoboti namunasiga razm solish (PDF).