Aptis ESOL imtihonida oʻz joyingizni band qilish uchun quyidagi bosqichlarni bajaring
Siz imtihon uchun sessiyaga 5 kungacha vaqt qolganda, agar joylar mavjuda bo’lsa ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. Sizga ma’qul bo’lgan sanada imtihon topshirish uchun avvalroq ro’yxatdan o’tishingizni tavsiya qilamiz. Imtihonning aniq manzili va vaqti to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot nomzodlarga elektron pochta orqali yuboriladi.
Ushbu hujjatlardan biri bilan roʻyxatdan oʻting
Aptis ESOL uchun quyidagi hujjatlardan BIRI bilan roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin:
- Pasport
- Milliy ID karta
- Biometrik yashash guvohnomasi
Hujjatingiz rasmni oʻz ichiga olgan va test oʻtkaziladigan kunda amal qilish muddati oʻtmagan boʻlishi shart. Siz shaxsingizni tasdiqlash maqsadida test sessiyasiga roʻyxatdan oʻtishda ishlatgan hujjatingizni oʻzingiz bilan olib kelishingiz shart.
Imtihon uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting-https://www.eventsforce.net/britishcouncil/9000/home
Savollaringiz boʻlsa, info@britishcouncil.uz email manzili orqail bogʻlaning
Agar Rossiya fuqarosi boʻlsangiz yoki yaqin oylarda Rossiyaga borishni rejalashtirayotgan boʻlsangiz, Aptis ESOL uchun roʻyxatdanoʻtishni boshlashdan oldin ushbu bayonnoma bilan tanishib chiqing.
To'lov
Imtihon uchun bankda naqd pul bilan, Payme, Click kabi to'lov ilovalari yoki bank o'tkazmasi orqali to'lashingiz mumkin.
To'lovni O'zbekiston Respublikasining istalgan banki orqali quyidagi bank rekvizitlari bo'yicha amalga oshirish mumkin:
- Hisob nomi: The British Council Office;
- Bank nomi: KDB Bank Uzbekistan Head Office;
- STIR: 207066588;
- Hisob raqami: 2029 6000 9048 4475 4001;
- MFO: 00842
Barcha to'lovlar imtihon sanasidan kamida 5 ish kuni oldin amalga oshirilishi kerak.
MUHIM: To'lov rekvizitlarida imtihon sanasini ko'rsatish shart.
To'lov kvitansiyasida test turi (masalan, Aptis ESOL for Teachers), familiya, shahar va test sanasini ko'rsating. Keyin kvitansiyani info@britishcouncil.uz manziliga yuboring.
Aptis ESOL uchun maxsus chora-tadbirlar
Imtihon uchun Aptis ESOL testining maxsus tartib yoki oʻzgartirilgan variantlari kerak boʻlsa, bizning Aptis ESOL jamoamiz sizga yordam berishga tayyor.
Maxsus chora-tadbirlar haqida batafsil.
Testni qanday bekor qilish mumkin
Aptis ESOL imtihoningizni bekor qilish va toʻlovni qaytarish tartibi haqida batafsil maʼlumot oling.
Bekor qilish haqida batafsil.
Aptis ESOL imtihoniga tayyorlaning
Aptis ESOL sinovi formati va topshiriqlari bilan yaxshilab tanishib chiqib, test natijalaringizni eng yuqori darajaga koʻtaring. Muvaffaqiyatga erishish uchun tayyorgarlik materiallari, sinov testlari va foydali maslahatlardan foydalaning.