Britaniya Kengashida biz ingliz tili imtihonlariga oid barcha savollaringizga javob berishda sizga yordam berishni xohlaymiz. Quyida eng ko‘p berilgan 10 ta savolga javoblar bilan tanishing.
Ingliz tili darajangizni tasdiqlash uchun ingliz tili imtihonini topshirishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, sizni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan bir nechta muhim savollar bor. Qaysi imtihonni tanlashim kerak? Agar imtihon sanasini o‘zgartirishim kerak bo‘lsa, nima bo‘ladi? Ball bahosini qayta ko‘rib chiqish so‘rovini bera olamanmi?
Britaniya Kengashi sifatida biz sizga mos ingliz tili imtihonini tanlashda yordam berish uchun tez-tez beriladigan savollarga aniq javob beramiz va to‘g‘ri qaror qabul qilishingiz uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni taqdim etamiz. Shuningdek, Britaniya Kengashi tomonidan taklif etiladigan IELTS va Aptis ESOL imtihonlariga alohida e’tibor qaratamiz va ular sizga qanday yordam berishi mumkinligini tushuntiramiz.
Imtihondan oldin
1. Imtihon uchun qanday ro‘yxatdan o‘tish mumkin?
Ingliz tili testiga bir nechta usulda – onlayn yoki shaxsan – akademiya, maktab, tayyorgarlik markazi yoki imtihon markazi orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.
Britaniya Kengashi orqali IELTS yoki Aptis ESOL imtihonlarini topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish juda tez va oson – vebsaytimiz orqali amalga oshiriladi. IELTS testini qayerda va qachon topshirishingiz mumkinligini bu yerda bilib oling. Agar sizga Aptis ESOL kerak bo‘lsa, bu yerda ro‘yxatdan o‘ting.
2. Ingliz tili imtihonini qayerda topshirish mumkin?
Ko‘pgina mamlakatlarda ingliz tili darajasini aniqlovchi tasdiqlangan testni topshirish mumkin bo‘lgan bir nechta joylar mavjud. O‘zingizga yaqin imtihon markazini aniqlash uchun tanlagan imtihoningiz vebsaytiga kirib, mavjud markazlarni tekshirib ko‘ring.
O’zbekistonda Aptis ESOL imtihonini topshirish joylarini bu yerda ko‘ring. IELTS topshirishni istasangiz, bu yerda bilib oling yoki IELTSni uyingizda topshirishni afzal ko‘rsangiz, IELTS Online versiyasidan foydalaning.
3. Imtihon sanasini o‘zgartira olamanmi?
Ba’zi holatlarda imtihon sanasini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ayrim imtihonlar ro‘yxatdan o‘tgan sanadan bir necha kun oldin sana o‘zgarishini ruxsat etadi.
Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin imtihon sanasini o‘zgartira olasizmi-yo‘qmi, bu haqda avval imtihonning bekor qilish va to‘lovni qaytarish siyosatini tekshirib chiqing. Bu ma’lumotni odatda imtihonning rasmiy vebsaytida yoki shartlar va qoidalarda topish mumkin.
4. Tanlagan imtihonim qachon o‘tkazilishini qanday bilsam bo‘ladi?
Odatda tanlagan imtihoningiz uchun keyingi imtihon sanalarini imtihon yoki imtihon kengashi vebsaytidan tekshirishingiz mumkin.
Aptis ESOL yoki IELTS imtihonlarini topshirmoqchi bo‘lsangiz, Britaniya Kengashi vebsaytida ularning yangilangan imtihon sanalari va joylarini ko‘rishingiz mumkin.
5. Imtihonga qanday tayyorgarlik ko‘rish mumkin?
Ko‘pgina rasmiy testlar sizga tayyorgarlik ko‘rishda yordam beradigan maxsus materiallarni taklif etadi. Imkoningiz bo‘lsa, testga tayyorgarlik bo‘yicha barcha mavjud materiallardan foydalaning – jumladan amaliy testlar, bepul seminarlar, ma’lumot sessiyalari va tayyorlov kurslari.
Britaniya Kengashi barcha ingliz tili imtihonlari uchun bepul tayyorlov materiallarini taqdim etadi. Aptis ESOL tayyorgarlik resurslarini bu yerdan topishingiz mumkin. IELTS tayyorgarligi uchun esa IELTS Ready Premium platformasidan bepul foydalaning. Tayyorlanishni hoziroq boshlang!
Imtihondan keyin
6. Imtihon sertifikatining qo‘shimcha nusxasini olishim mumkinmi?
Odatda sizga faqat bitta imtihon sertifikati beriladi, ammo bu tanlagan imtihoningizga bog‘liq. Ayrim testlar sertifikatning qo‘shimcha yoki dublikat nusxasini so‘rashga imkon beradi. Biroq, nechta sertifikat berilishi mumkinligi har bir test kengashining siyosatiga bog‘liq.
Agar IELTS testini kompyuterda yoki onlayn topshirgan bo‘lsangiz, natijalarni elektron shaklda olasiz. Shundan so‘ng, Test hisobot shaklining elektron versiyasini (eTRF) yuklab olib, kerakli tashkilotlarga yuborishingiz mumkin. Agar IELTSni qog‘oz shaklida topshirgan bo‘lsangiz, Britaniya Kengashi siz so‘ragan tashkilotlarga test hisobot shaklining 10 tagacha nusxasini bevosita yuborishi mumkin.
Aptis ESOL esa sizga imtihon sertifikatining ikki tagacha dublikat nusxasini, faqat belgilangan maqsadlar uchun, asl berilgan kundan boshlab ikki yil ichida so‘rash imkonini beradi.
7. Imtihon natijalarini olish uchun qancha vaqt ketadi?
Bu siz tanlagan ingliz tili testiga bog‘liq.
Aptis ESOL imtihoni natijalari testdan 48–72 soat o‘tib taqdim etiladi va sertifikatingiz imtihondan 10 kun ichida beriladi.
IELTS natijalari esa quyidagicha:
- Kompyuterda IELTS: 1–2 kun
- Qog’ozda IELTS: 13 kun
- IELTS Online: 6–8 kun
- Qog’ozda IELTS UKVI: 13 kun
- Kompyuterda IELTS UKVI: 5–7 kun
8. Imtihon natijamni qayta ko‘rib chiqishni so‘rashim mumkinmi?
Agar ingliz tili imtihoni natijalaringiz sizni qoniqtirmasa, test natijalarining qayta ko‘rib chiqilishini talab qilishingiz mumkin.
Britaniya Kengashida bu jarayon “Natijalarni ko‘rib chiqish so‘rovi” (Enquiry on Results) deb ataladi va Aptis ESOL hamda IELTS testlari uchun mavjud. Aptis ESOL to‘liq test bo‘yicha qayta ko‘rib chiqishni taklif qiladi, IELTS esa alohida bo‘limlar bo‘yicha baholarni qayta ko‘rib chiqishni ta’minlaydi. Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi havolalarda topishingiz mumkin:
Aptis ESOL uchun Natijalarni ko‘rib chiqish so‘rovi
IELTS uchun Natijalarni ko‘rib chiqish so‘rovi
9. Imtihon natijam qaysi CEFR darajasiga to‘g‘ri keladi?
Agar siz ingliz tili darajangizni tasdiqlovchi rasmiy testni topshirgan bo‘lsangiz, imtihon sertifikatingizda sizning ball bahoyingiz va unga mos CEFR darajasi ko‘rsatiladi.
Aptis ESOL sertifikatlarida har bir ko‘nikma uchun raqamli ball shkala va CEFR darajasi ko‘rsatilgan bo‘lib, umumiy ball va umumiy CEFR darajasi ham mavjud bo‘ladi.
IELTS test hisobot shakllarida esa har bir ko‘nikma uchun ball (band score) va 1 dan 9 gacha bo‘lgan umumiy ball mavjud bo‘lib, unga mos CEFR darajasi ham ko‘rsatiladi. IELTS va CEFR o‘rtasidagi muvofiqlik haqida bu yerdan ko‘proq ma’lumot olishingiz mumkin.
10. Ingliz tili imtihon sertifikati menga qanday afzalliklar beradi?
Tan olingan ingliz tili imtihoni orqali ingliz tilini bilish darajangizni tasdiqlash sizga bir qator foydali imkoniyatlarni ochib beradi.
Bu, birinchi navbatda, akademik imkoniyatlarni oshiradi. Ko‘pgina universitetlar bakalavriat yoki magistratura bosqichini yakunlash uchun chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatni talab qiladi. Shuningdek, bu sertifikatlar grantlar yoki moliyaviy yordam olish uchun ham zarur bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, professional imkoniyatlarni kengaytiradi – nafaqat ishga joylashish, balki lavozim ko‘tarilishida ham. Aptis ESOL sizga arzon va moslashuvchan sertifikatlash variantini taklif etadi. Bu sizning rezyume (CV) uchun muhim qo‘shimcha bo‘lib, kuchli ingliz tili ko‘nikmalaringizni ajratib ko‘rsatadi, shuningdek, rivojlantirish kerak bo‘lgan sohalarni aniqlashga yordam beradi.
Va nihoyat, ingliz tilini bilish darajangizni tasdiqlash xalqaro o‘qish, ishlash yoki yashash imkoniyatlarini qidirayotganingizda juda muhimdir. Dunyo bo‘ylab 12,500 dan ortiq tashkilotlar tomonidan tan olingan IELTS siz uchun eng mashxur ingliz tili testlari orasida eng maqbul tanlov bo‘ladi.