By IELTS Expert

05 April 2024 - 16:00

Five reasons to take IELTS, blog image

Quyida oʻqish, ishlash yoki immigratsiya maqsadingizga erishish uchun IELTS imtihonini tanlashning beshta arzirli sababi keltirilgan. Ular:

  • Butun dunyoda qabul qilinadi
  • Oʻzingizga mos usulni tanlash mumkin
  • Tushunarli baholash tizimi
  • Imtihondan oldin koʻp yordam koʻrsatilishi
  • Bitta koʻnikma boʻyicha qayta topshirish imkoniyati

Ingliz tilida soʻzlashuvchi muhitda oʻqish yoki ishlashni tanlashingizning sabablari qanday boʻlishidan qatʼiy nazar, ingliz tili darajasini tekshirish imtihonidan olgan natijalaringiz maktab, universitet va ish beruvchilar tomonidan muammosiz qabul qilinishiga ishonch hosil qilishingiz zarur. Shuningdek, eng yaxshi natijani qoʻlga kiritishga yordam beruvchi koʻplab imtihonga tayyorlanish manbalarini izlashingiz ham tabiiy.

Bularning barchasida IELTS imtihoniga teng keladigani yoʻq, demak, IELTS bilan siz ham tengsiz boʻla olasiz.

Butun dunyoda qabul qilinadi – Britaniya Kengashining tasdiq muhri bilan

IELTS imtihoni bilan siz oʻzingiz uchun yangi imkoniyatlar olamini kashf eta boshlaysiz.

Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya va Buyuk Britaniyaga koʻchishni maqsad qilgan insonlar IELTS imtihonini tanlaydi. IELTS allaqachon dunyo boʻylab 12 000 dan ortiq tashkilotlar tomonidan tan olinadi. Yetakchi universitet va maktablar, davlat tashkilotlari, professional uyushmalar va kompaniyalar, umuman, sizning isteʼdodingiz va salohiyatingizni oʻziga jalb qilishga hozir boʻlgan muassasalar shular jumlasidandir.

Bizning qulay qidiruv vositamizdan foydalanib, sizni qiziqtirgan tashkilot IELTS qabul qilish yoki qilmasligini va u yerda ishlash yoki oʻqish uchun sizdan necha ball talab etilishini bilib olishingiz mumkin.

Oʻzingizga mos usulni tanlash mumkin – barcha muammolarga bir yechim yondashuvi ishlamaydi

Hammaning maqsadi bir xil emas, shu bois, IELTS imtihoni turlari bittadan ortiq, imtihon topshirishning esa bir nechta usuli bor. Tanlov borligi uchun oʻzingizga mos imtihonni topishingizga shubha qilmasangiz ham boʻladi.

Akademik IELTS

U bakalavriat yoki aspiranturani ingliz tilida oʻqishni rejalashtirayotganlar uchun moʻljallangan. Ushbu imtihon kelajakda uchratishingiz mumkin boʻlgan akademik tilni aks ettiradi. Agar maqsadingiz yuqoriroq darajada taʼlim olish yoki professional yutuqlaringizni tan oldirish boʻlsa, unda bu siz uchun eng toʻgʻri tanlovdir.

Umumiy tayyorgarlik IELTS imtihoni

U ingliz tilida soʻzlashuvchi davlatlarga yashash, hunar oʻrganish yoki oliy taʼlimdan quyiroq darajalarda oʻqish maqsadida koʻchishni istovchilar uchun moʻljallangan. Ushbu imtihon sizning ingliz tilini amaliy, kundalik hayotda qay darajada bilishingizni baholaydi va siz kelajakda duch kelishingiz mumkin boʻlgan ishxonadagi vaziyatlar yoki ijtimoiy holatlarni aks ettiradi.

Buyuk Britaniyaga viza olish va immigratsiya qilish uchun IELTS topshirish

Buyuk Britaniyada oʻqish, ishlash yoki yashash maqsadida Buyuk Britaniya vizasini olmoqchi boʻlganlar uchun maxsus Akademik IELTS yoki Umumiy tayyorgarlik IELTS imtihoni turi mavjud. Agar siz shu vaziyatda boʻlsangiz, unda siz Hayotiy koʻnikmalar uchun IELTS imtihonini ham topshirishingizga toʻgʻri kelishi mumkin. Ikkalasi ham Buyuk Britaniyaning Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ingliz tilini bilish darajasi imtihonlari (SELT) qatoriga kiradi.

IELTS imtihonini qaysi usulda topshirishni oʻzingiz tanlashingiz mumkin: toʻrtta test markazimizdan biriga borib, qogʻozda yoki kompyuter orqali topshirish mumkin. Hammasi qaysi usulda – qoʻlda yoki klaviaturada – yozishni afzal koʻrishingizga bogʻliq.

Bundan tashqari, Akademik IELTS imtihonini uyingizda shaxsiy kompyuter yoki noutbukingizdan foydalanib, IELTS Online orqali topshirishingiz mumkin. Bu usul bir qator davlatlarda mavjud – bu usulda topshirish imkoniyatingiz bor-yoʻqligini bu yerda tekshiring.

IELTS imtihoni turlari haqida batafsil maʼlumot olish uchun qaysi imtihonni topshirish kerak sahifamizni oʻqing.

Tushunarli baholash tizimi – tushunish oson va keng tan olinadi

IELTS natijalaringizni tushunish oson. Natijalar 1 ("foydalanuvchi emas") dan 9 ("ekspert foydalanuvchi") gacha boʻlgan shkalada baholanadi. Masalan, 6 ball olgan odam "kompetent foydalanuvchi" deb baholanadi.

Imtihonning har bir qismi uchun alohida ball qoʻyiladi: Listening, Reading, Writing va Speaking. Ular butun yoki yarim ballik boʻlishi mumkin. Umumiy balingiz toʻrtta boʻlimda koʻrsatgan natijalaringizning oʻrtachasiga teng.

Zarurat tugʻilganda, ballar eng yaqin yarim ballga yaxlitlanadi, xuddi mana bu namunadagidek:

Listening Reading Writing Speaking Oʻrtacha Umumiy ball
6,5 6,5 5,0 7,0 6,25 6,5

Barcha IELTS imtihonlarida – qogʻozda, test markazi kompyuterida yoki onlayn topshirilganidan qatʼiy nazar, bitta baholash tizimidan foydalaniladi, shu bois, test javoblaringiz qanday baholanishini tushunish oson.

IELTS imtihonining yana bir ustunligi, uni til bilish darajasini A1 (boshlangʻich) dan C2 (usta)gacha boʻlgan shkalada baholovchi xalqaro standart hisoblangan Common European Framework (CEFR) ga osongina oʻtkazish mumkin.

IELTS imtihonidan 7 va undan yuqori ball olganlar "ilgʻor foydalanuvchi" toifasiga kiradi, IELTS da 4.5 dan yuqoriroq ball olganlar esa "mustaqil foydalanuvchi" deya eʼtirof etiladi.

Ballar va ularni CEFR bilan taqqoslash haqida batafsil maʼlumotni bu yerdan olishingiz mumkin, natijalar va ballar haqida mufassal qoʻllanmani, jumladan, natijalar qancha vaqtda chiqishi va qayta baholash yoʻllari haqida oʻqish uchun esa bu sahifaga kiring.

Imtihondan oldin koʻp yordam koʻrsatilishi sizni eng yaxshi natijaga tayyorlaydi

IELTS topshirmoqchi boʻlganingizda, imtihondan oldin testning barcha oʻziga xos jihatlarini yaxshi oʻzlashtirishingizga yordam beruvchi tayyorgarlik materiallarini olish uchun koʻplab manbalardan foydalanishingiz mumkin. Tilni qanchalik yaxshi bilishingizdan qatʼiy nazar ushbu materiallar sizga koʻnikmalaringizni yaxshilash, oʻzingizga boʻlgan ishonchni oshirish va imtihon kuniga toʻliq tayyor boʻlishingizga yordam beradi.

Jumladan, bir qator amaliy testlar va masterklasslari bor IELTS Ready Premiumfree IELTS practice tests mazkur manbalarga kiradi.

Agar savollaringiz boʻlsa, ularga Facebookda Expert Live Sessions orqali IELTS oʻqituvchisidan javob olishingiz mumkin. One-to-one tutoring va personalised online coaching imkoniyati ham mavjud.

IELTS imtihoniga tayyorlanish boʻyicha yanada koʻproq materiallarni bu yerdan topishingiz mumkin.

Bitta koʻnikma boʻyicha qayta topshirish – butun imtihonni qayta topshirmasdan oʻzingiz istagan ballni qoʻlga kiritish imkoniyati

Ushbu yangi imkoniyat – IELTS One Skill Retake sharofati bilan IELTS topshirganingizda, sizda butun imtihonni qayta topshirmasdan muayyan koʻnikma boʻyicha balingizni yaxshilash imkoni bor. 

Natijangizni yaxshilashga zarurat boʻlsa yoki bitta koʻnikma boʻyicha, masalan, Listening, Reading, Writing yoki Speakingda testni koʻngildagidek topshira olmadim, deb hisoblasangiz, bitta koʻnikma boʻyicha qayta topshirish sizga bor diqqatingizni faqat aynan oʻsha boʻlimga qaratib, shunchaki, oʻsha koʻnikmani birinchi imtihondan keyin 60 kun ichida qayta topshirishga imkon beradi.

Bundan tashqari, Bitta koʻnikma boʻyicha qayta topshirish natijasini olganingizda, agar xohlasangiz, oldingi balingizni qoldirishingiz mumkin! 

Ushbu xususiyat haqida bu yerda oʻqing.