IELTS Academic – oliy ta'lim muhitiga tayyorlaning

IELTS Academic testi sizda akademik, oliy ta'lim muhiti uchun zarur bo‘lgan ingliz tilini bilish darajasi bor yoki yo‘qligini baholaydi.

U akademik tilning ba'zi xususiyatlarini aks ettiradi va sizning ingliz tilida o‘qishni yoki amaliyotni boshlashga tayyor ekanligingizni tekshiradi.

 

IELTS Academic testi uchun bepul qo‘llanmamizni yuklab oling

Ushbu testni quyidagi hollarda topshiring:

  • dunyoning istalgan joyida bakalavriat yoki magistratura bosqichida o‘qish
  • ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatdagi professional tashkilotda ishlash.

Siz IELTS testini O‘zbekistondagi test markazlarimizdan birida kompyuterda topshirishingiz mumkin.

IELTS Academic testining narxi, davomiyligi va formati

IELTS Academic uchun to‘lov: Davomiyligi:
 2664000 UZS   Listening, Reading va Writing qismlari   uchun 2 soat 45 daqiqa, Speaking qismi uchun qo‘shimcha 11-14 daqiqa

Test formati:

IELTS testi to‘rtta qismdan iborat: Listening, Reading, Writing va Speaking. Siz testni British Council tashkilotining rasmiy IELTS test markazida topshirishingiz mumkin.

  • Siz Speaking testi sanasi va joyini tanlash imkoniga egasiz. Ba'zi IELTS Speaking testlari rasmiy test markazida videoqo‘ng‘iroq orqali o‘tkaziladi. Bu IELTS Speaking testlarini topshirishda ko‘proq qulaylik va imkoniyatlarni anglatadi.

Siz videoqo‘ng‘iroq orqali Speaking testini xuddi shunday yuqori standartdagi shaxsni tasdiqlash jarayoni bilan topshirasiz. Test mazmuni, baholash, vaqt, savollar formati va xavfsizlik choralari jihatidan bevosita yuzma-yuz o‘tkaziladigan Speaking testi bilan bir xil bo‘ladi.

IELTS Speaking imtihon oluvchisi tomonidan o‘tkaziladigan videoqo‘ng‘iroqli Speaking testi yuzma-yuz o‘tkaziladigan Speaking testining barcha xususiyatlarini saqlab qoladi. Bu haqda ko‘proq ushbu videoda bilib oling.

IELTS Listening, Reading, Writing va Speaking qismlari bo‘yicha tushuntirishlar

Davomiyligi: 30 daqiqa + javoblarni javoblar varaqasiga koʻchirish uchun 10 daqiqa.

Formati: turli talaffuzlardagi toʻrtta audioyozuv. Javoblaringizni yozishda quyidagi topshiriq turlaridan foydalanasiz:

  • koʻp variantli savollar (multiple choice);
  • muvofiqlashtirish (matching);
  • sxema va diagrammalarni belgilash (diagram labelling);
  • gaplarni toʻldirish (sentence completion).

Siz ingliz tilida soʻzlashuvchi insonlarning toʻrtta yozuvini tinglaysiz. Shundan soʻng bir qator savollarga yozma javob berasiz.

  • Birinchi yozuv: kundalik ijtimoiy muhitdagi ikki kishi oʻrtasidagi suhbat.
  • Ikkinchi yozuv: kundalik ijtimoiy muhitdagi monolog (masalan, mahalliy qulayliklar haqidagi nutq).
  • Uchinchi yozuv: taʼlim yoki trening kontekstidagi toʻrt kishigacha boʻlgan suhbat (masalan, universitet oʻqituvchisi va talabaning topshiriq muhokamasi).
  • Toʻrtinchi yozuv: akademik mavzudagi monolog (masalan, universitet maʼruzasi).

Assessorlar sizning asosiy gʻoyalar va batafsil faktik maʼlumotlarni tushunish qobiliyatingizni baholaydilar. Suhbatdoshlarning fikri va munosabati ham tekshiriladi. Bundan tashqari, gʻoyalar rivojini kuzatish qobiliyatingiz ham inobatga olinadi.

Davomiyligi: 60 daqiqa.

Formati:

  • topshiriqlarga ega uchta uzun matn (shu jumladan diagrammalar, grafiklar yoki illyustratsiyalar);
  • matnlar tavsifiy va faktik xarakterdan tortib, munozarali va tahliliy xaraktergacha boʻlishi mumkin.

Oʻqish qismi 40 ta savoldan iborat boʻlib, u oʻqish koʻnikmalarining keng doirasini tekshirishga moʻljallangan. Bunga tezkor koʻz yugurtirish (skim reading), asosiy gʻoyalar va tafsilotlarni tushunish kiradi. Shuningdek, mantiqiy dalillarni anglash hamda mualliflarning fikri, munosabati va maqsadini aniqlash ham baholanadi.

Ushbu boʻlim faktik maʼlumotlardan tortib, munozara va tahlillargacha boʻlgan uchta uzun matnni oʻz ichiga oladi. Ular kitoblar, jurnallar, davriy nashrlar va gazetalardan olingan. Matnlar mutaxassis boʻlmagan auditoriya uchun tanlangan. Biroq ular universitetga kirayotgan yoki professional roʻyxatdan oʻtmoqchi boʻlgan shaxslarga toʻliq mos keladi.

Davomiyligi: 60 daqiqa.

Formati:

  • matn yoki diagrammalarni tasvirlash, tushuntirish yoki umumlashtirish boʻyicha bitta yozma topshiriq (kamida 150 ta soʻz);
  • bitta esse yozish topshirigʻi (kamida 250 ta soʻz).

Mavzular umumiy qiziqishga doir masalalardan iborat. Ular bakalavriat va magistratura bosqichiga kirayotgan yoki professional roʻyxatdan oʻtmoqchi boʻlgan nomzodlarga mos keladi. Topshiriq ikki vazifani oʻz ichiga oladi:

  • Birinchi vazifa: sizga grafik, jadval, diagramma yoki sxema taqdim etiladi. Maʼlumotni oʻz soʻzlaringiz bilan tasvirlash, umumlashtirish yoki tushuntirish talab qilinadi. Sizdan maʼlumotlarni tushuntirish, jarayon bosqichlarini, biror narsaning ishlashini, obʼyekt yoki voqeani tasvirlash soʻralishi mumkin.
  • Ikkinchi vazifa: sizdan biror bir nuqtai nazar, dalil yoki muammoga javob tariqasida esse yozish soʻraladi. Har ikkala topshiriq javobi ham rasmiy uslubda boʻlishi shart.

Davomiyligi: 10 daqiqadan 14 daqiqagacha.

Formati:

  • ekspert bilan yuzma-yuz intervyu;
  • tanish mavzular boʻyicha qisqa savollar va bitta mavzu haqida batafsil gapirish.

Iltimos, yodda tuting: test markazining joylashuviga qarab, sizdan Gapirish (Speaking) qismini boshqa kunga bron qilish talab qilinishi mumkin.

Gapirish qismi sizning ogʻzaki ingliz tilidan foydalanish koʻnikmangizni baholaydi. Har bir test audio formatda yozib olinadi.

  • Birinchi boʻlim: ekspert sizdan oʻzingiz haqingizda umumiy savollarni soʻraydi. Suhbat uy, oila, ish, oʻqish va qiziqishlar kabi tanish mavzular atrofida boʻladi. Ushbu boʻlim toʻrt daqiqadan besh daqiqagacha davom etadi.
  • Ikkinchi boʻlim: sizga muayyan mavzu koʻrsatilgan kartochka beriladi. Gapirishdan oldin tayyorlanish uchun sizga bir daqiqa vaqt berilgan boʻladi. Keyin esa ikki daqiqagacha gapirishingiz kerak. Shundan soʻng ekspert xuddi shu mavzu boʻyicha bitta yoki ikkita savol beradi.
  • Uchinchi boʻlim: sizdan oldingi boʻlimdagi mavzu boʻyicha qoʻshimcha savollar soʻraladi. Bu sizga yanada mavhum gʻoyalar va masalalarni muhokama qilish imkoniyatini beradi. Testning ushbu qismi toʻrt daqiqadan besh daqiqagacha davom etadi.

Sizning muvaffaqiyatingiz IELTS dan boshlanadi

Agar sizning maqsadingiz universitetda o‘qish yoki ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatda ishlash bo‘lsa, u holda IELTS Academic aynan siz uchun to‘g‘ri testdir.

IELTS testini biz bilan band qilganingizda IELTS Ready Premium ga bepul kirish huquqiga ega bo‘ling. Biz testdagi muvaffaqiyatingizni qo‘llab-quvvatlashga intilamiz.

Test sanasini topish va band qilish

Testni band qilishdan oldin, siz hujjat topshirayotgan tashkilotlardan aniq test talablarini tasdiqlang.