IELTS General Training testini topshiring

IELTS General Training – kundalik hayotdagi amaliy ingliz tili ko‘nikmalariga ega ekanligingizni isbotlang.

IELTS General Training amaliy, kundalik kontekstda ingliz tilini bilish darajasini o‘lchaydi. Vazifalar ish joyi va ijtimoiy vaziyatlarni aks ettiradi.

 

IELTS General Training testi uchun bepul qo‘llanmamizni yuklab oling

Agar quyidagilarni xohlasangiz, ushbu testni topshiring:

  • bakalavriat darajasidan pastroq bosqichda o‘qish yoki tayyorgarlikdan o‘tish
  • ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatda ishlash yoki ish bilan bog‘liq tayyorgarlikdan o‘tish
  • ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatga ko‘chib o‘tish
  • o‘z mamlakatingizda yaxshiroq ish topish.

 

IELTS General Training testining narxi, davomiyligi va formati

IELTS General Training testi uchun to‘lov: Davomiyligi:
 2664000 UZS   Listening, Reading va Writing qismlari uchun 2 soat 45 daqiqa, Speaking qismi uchun qo‘shimcha 11–14 daqiqa  

Test formati:

IELTS testi to‘rtta qismdan iborat: Listening, Reading, Writing va Speaking. Siz testni British Council tashkilotining rasmiy IELTS test markazida topshirishingiz mumkin.

Siz Speaking testi sanasi va joyini tanlash imkoniga egasiz. Ba'zi IELTS Speaking testlari rasmiy test markazida videoqo‘ng‘iroq orqali o‘tkaziladi. Bu IELTS Speaking testlarini topshirishda ko‘proq qulaylik va imkoniyatlarni anglatadi.

Siz videoqo‘ng‘iroq orqali Speaking testini xuddi shunday yuqori standartdagi shaxsni tasdiqlash jarayoni bilan topshirasiz. Test mazmuni, baholash, vaqt, savollar formati va xavfsizlik choralari jihatidan bevosita yuzma-yuz o‘tkaziladigan Speaking testi bilan bir xil bo‘ladi.

IELTS Listening, Reading, Writing va Speaking qismlari bo‘yicha tushuntirishlar

Davomiyligi: 30 daqiqa + javoblarni javoblar varaqasiga koʻchirish uchun 10 daqiqa.

Formati: turli talaffuzlardagi toʻrtta audioyozuv. Javoblaringizni yozishda quyidagi topshiriq turlaridan foydalanasiz:

  • koʻp variantli savollar (multiple choice);
  • muvofiqlashtirish (matching);
  • sxema va diagrammalarni belgilash (diagram labelling);
  • gaplarni toʻldirish (sentence completion).

Siz ingliz tilida soʻzlashuvchi insonlarning toʻrtta yozuvini tinglaysiz. Shundan soʻng bir qator savollarga yozma javob berasiz.

  • Birinchi yozuv: kundalik ijtimoiy muhitdagi ikki kishi oʻrtasidagi suhbat.
  • Ikkinchi yozuv: kundalik ijtimoiy muhitdagi monolog (masalan, mahalliy qulayliklar haqidagi nutq).
  • Uchinchi yozuv: taʼlim yoki trening kontekstidagi toʻrt kishigacha boʻlgan suhbat (masalan, universitet oʻqituvchisi va talabaning topshiriq muhokamasi).
  • Toʻrtinchi yozuv: akademik mavzudagi monolog (masalan, universitet maʼruzasi).

Assessorlar sizning asosiy gʻoyalar va batafsil faktik maʼlumotlarni tushunish qobiliyatingizni baholaydilar. Shuningdek, soʻzlovchilarning fikrlari, munosabati va nutq maqsadini aniqlash ham tekshiriladi. Bundan tashqari, gʻoyalar rivojini kuzatish qobiliyatingiz ham baholanadi.

Davomiyligi: 60 daqiqa.

Formati: topshiriqlarga ega uchta matn.

  • Birinchi boʻlim: ikkita yoki uchta qisqa faktik matn.
  • Ikkinchi boʻlim: ish faoliyatiga oid ikkita qisqa faktik matn.
  • Uchinchi boʻlim: umumiy qiziqishga doir bitta uzunroq matn.

Oʻqish qismi 40 ta savoldan iborat boʻlib, u oʻqish koʻnikmalarining keng doirasini tekshirishga moʻljallangan. Bunga asosiy gʻoyalar uchun oʻqish, tafsilotlarni tushunish va tezkor koʻz yugurtirish (skimming) kiradi. Shuningdek, mantiqiy dalillarni tushunish hamda mualliflarning fikri, munosabati va maqsadini aniqlash ham baholanadi.

Bunda kitoblar, jurnallar, gazetalar, bildirishnomalar, reklamalar, kompaniya qoʻllanmalari va koʻrsatmalaridan parchalar keltiriladi. Bu kabi materiallarga ingliz tilida soʻzlashuvchi muhitda har kuni duch kelishingiz shubhasizdir.

Davomiyligi: 60 daqiqa.

Formati:

  • xat yozish topshirigʻi (kamida 150 ta soʻz);
  • qisqa esse yozish topshirigʻi (kamida 250 ta soʻz).

Mavzular umumiy qiziqishga doir masalalardan iborat. Topshiriq ikki vazifani oʻz ichiga oladi:

  • Birinchi vazifa: sizga muayyan vaziyat taqdim etiladi. Sizdan maʼlumot soʻrab yoki vaziyatni tushuntirib xat yozish talab qilinadi. Xat shaxsiy, yarim rasmiy yoki rasmiy uslubda boʻlishi mumkin.
  • Ikkinchi vazifa: sizdan biror bir nuqtai nazar, dalil yoki muammoga javob tariqasida esse yozish soʻraladi. Esse uslubi ancha shaxsiy va erkin boʻlishi mumkin.

Davomiyligi: 10 daqiqadan 15 daqiqagacha.

Formati:

  • yuzma-yuz intervyu;
  • qisqa savollar va tanish mavzu haqida batafsil gapirish.

Iltimos, yodda tuting: test markazining joylashuviga qarab, sizdan Gapirish (Speaking) qismini boshqa kunga bron qilish talab qilinishi mumkin.

Gapirish qismi sizning ogʻzaki ingliz tilidan foydalanish koʻnikmangizni baholaydi. Har bir test audio formatda yozib olinadi.

  • Birinchi boʻlim: ekspert sizdan oʻzingiz haqingizda umumiy savollarni soʻraydi. Suhbat uy, oila, ish, oʻqish va qiziqishlar kabi tanish mavzular atrofida boʻladi. Ushbu boʻlim toʻrt daqiqadan besh daqiqagacha davom etadi.
  • Ikkinchi boʻlim: sizga muayyan mavzu koʻrsatilgan kartochka beriladi. Gapirishdan oldin tayyorlanish uchun sizga bir daqiqa vaqt beriladi. Keyin esa ikki daqiqagacha gapirishingiz kerak boʻladi. Shundan soʻng ekspert xuddi shu mavzu boʻyicha bitta yoki ikkita savol beradi.
  • Uchinchi boʻlim: sizdan oldingi boʻlimdagi mavzu boʻyicha qoʻshimcha savollar soʻraladi. Bu sizga yanada mavhum gʻoyalar va masalalarni muhokama qilish imkoniyatini beradi. Testning ushbu qismi toʻrt daqiqadan besh daqiqagacha davom etadi.

Sizning muvaffaqiyatingiz IELTS dan boshlanadi

Agar sizning maqsadingiz bakalavr darajasidan pastroq bosqichda o‘qish yoki ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatga ko‘chib o‘tish bo‘lsa, u holda IELTS General Training aynan siz uchun to‘g‘ri testdir.

IELTS testini biz bilan band qilganingizda IELTS Ready Premium ga bepul kirish huquqiga ega bo‘ling. Biz testdagi muvaffaqiyatingizni qo‘llab-quvvatlashga intilamiz.

Test sanasini topish va band qilish

Testni band qilishdan oldin, siz hujjat topshirayotgan tashkilotlardan aniq test talablarini tasdiqlang.