More information about this scholarship for 2024-25 can be found on our English language page.

 

Siz STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) sohasida ilmiy darajaga ega yoki PhD talabasi boʻlgan oʻqishga ishtiyoqi baland ayolmisiz? Unda siz Birlashgan Qirollikning yetakchi universitetlaridan birida fan, texnologiya, muhandislik yoki matematika boʻyicha magistratura bosqichida oʻqish uchun stipendiyaga ega boʻlishingiz mumkin.

Britaniya Kengashi 21 ta Birlashgan Qirollik universiteti bilan hamkorlikda Amerika, Janubiy Osiyo, Sharqiy Osiyo, Gʻarbiy Bolqon, Markaziy Osiyo davlatlari, Braziliya, Misr, Meksika va Turkiyadan boʻlgan ayol-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ketma-ket uchinchi marta “Ayollar STEM sohasida” nomli stipendiya dasturini eʼlon qilmoqda.

Bu dastur STEM sohasida tajribaga ega, moliyaviy yordamga muhtoj va keyingi avlod ayol-qizlarini STEM sohasida karyera tuzishga ruhlantiruvchi ayol-qizlar uchun moʻljallangan.

Oʻzbekistonlik nomzodlar uchun maʼlumotlar ushbu sahifada. Boshqa davlatlar, jumladan, akademik tadqiqot stipendiyalariga ariza topshirish haqida maʼlumot olish uchun “Ayollar STEM sohasida” stipendiya dasturining global sahifasiga tashrif buyuring.

Nega stipendiya dasturi?

Bu stipendiya dasturining maqsadi ayol-qizlar uchun STEM sohasidagi imkoniyatlarni kengaytirishdir. BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkiloti (UNESCO) maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda butun dunyodagi tadqiqotchilarning 30 foizdan kamroq qismini ayollar tashkil qilgan va ayol talabalarning atigi 30 foizi oliy taʼlimda STEMga aloqador sohalarni tanlagan. Biroq bu koʻrsatkich sekin-asta oshib bormoqda va hozirda 35 foizni tashkil qiladi (Anon, 2022).

2017-2018 yillarda fanlar boʻyicha taqsimot shuni koʻrsatdiki, STEM fanlarini oʻrganayotgan ayollar soni kompyuter fanlari, muhandislik va texnologiya sohalarida ayniqsa past boʻlib, bu sohalardagi talabalarning 19 foizi ayollar va 81 foizi erkaklardan iborat boʻlgan. Fizika fanlari va matematika hamda statistikadagi koʻrsatkichlar yuqoriroq boʻlib, mos ravishda 39 foiz va 37 foizni tashkil qilgan (erkak talabalar ulushi mos ravishda 61 va 63 foiz).

Muvofiqlik talablari

Quyidagi davlatlardan boʻlgan nomzodlar magistratura bosqichi stipendiyasi uchun ariza berishi mumkin: Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Qozogʻiston, Kosovo, Shimoliy Makedoniya, Chernogoriya, Serbiya, Oʻzbekiston, Turkiya, Argentina, Braziliya, Kolumbiya, Kuba, Yamayka, Meksika, Peru, Venesuela va Misr. 

Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Nepal, Shri-Lanka, Kambodja, Indoneziya, Laos, Malayziya, Myanma, Filippin, Tailand va Vyetnamdan boʻlgan ayollar magistratura bosqichi va akademik faoliyatini endi boshlaganlar uchun tadqiqot stipendiyalariga ariza topshirish huquqida ega boʻlishi mumkin. Batafsil maʼlumot olish uchun global sahifamizga kiring.

Bu dastur uchun quyidagi mezonlarga mos ayol-qiz nomzodlar qidirilmoqda:

  • sentabr/oktabr oyidan boshlanadigan 2023-2024 oʻquv yili davomida Birlashgan Qirollikda oliy taʼlim kursida tahsil olish imkoniga ega ekanlik;
  • moliyaviy yordamga muhtojlik;
  • Birlashgan Qirollik universitetidagi oldindan saralangan aspirantura kurslardan biriga (magistratura darajasi uchun) kirish imkonini beruvchi bakalavriat darajasiga ega ekanlik;
  • Birlashgan Qirollik universitetidagi aspirantura taʼlimi yoki tadqiqot olib borish uchun zarur boʻlgan ingliz tili darajasi talabiga javob bera olish;
  • ish tajribasi yoki oʻz faniga boʻlgan isbotlangan qiziqishga ega va bu sohada faol ekanlik;
  • oʻzining taʼlim dasturiga nisbatan ishtiyoqqa ega ekanlik va Britaniya Kengashi stipendiyasi bitiruvchisi sifatida muayyan jarayonlarda ishtirok etishga tayyorlik.

Quyidagi hujjatlar boʻlimida muvofiq talablari toʻliq holda keltirilgan.

Quyidagilar Britaniya Kengashining “Ayollar STEM sohasida” stipendiya dasturiga ariza topshira olmaydi:

  • biri Britaniya fuqaroligi boʻlgan, ikki fuqarolikka ega nomzodlar;
  • Qirol hukumati organlarining (jumladan, Britaniya elchixonalari/Oliy komissiyalari; Biznes, energiya va sanoat strategiyasi boshqarmasi; Xalqaro savdo boshqarmasi; Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi) xodimi, sobiq xodimi yoki xodimining qarindoshlari (*);
  • tegishli davlatlarda STEM sohasidagi ayol-qizlar uchun Britaniya Kengashi stipendiyalari dasturi xodimi, sobiq xodimi yoki xodimining qarindoshlari (*).

(*): Qarindoshlar deganda ota-ona yoki oʻgay ota-ona, opa-singil va aka-uka, oʻgay opa-singil va aka-uka, farzandlar yoki oʻgay farzandlar, turmush oʻrtoq, fuqarolik nikohidagi juft va rasman turmush qurmagan juft (agar juftliklar kamida ikki yil davomida turmushdagi hayotga oʻxshash munosabatda yoki fuqarolik nikohida boʻlsa) tushuniladi.

  • hozirda Birlashgan Qirollikdagi taʼlim dasturi uchun boshqa biror manbadan moliyaviy yordam yoki mablagʻ olayotganlar;
  • ilgari Birlashgan Qirollik hukumati tomonidan moliyalashtiriluvchi stipendiya yoki Birlashgan Qirollik institutsional stipendiyasi yoxud moliyaviy stipendiyasi asosida Birlashgan Qirollikda tahsil olganlar.

Asosiy afzalliklari

  • Akademik nufuz: Birlashgan Qirollik universitetlari STEM fanlari boʻyicha dunyoda yetakchilar qatoridan joy olgan
  • Iqtisodiy yordam taʼlim haqi, stipendiya, safar xarajatlari, viza va tibbiy sugʻurta badallarini qoplashni oʻz ichiga oladi
  • Onalar uchun maxsus yordam
  • Ingliz tili yuzasidan yordam.

Ariza topshirish jarayoni

Arizalar bevosita ishtirokchi universitetlarga topshirilishi lozim. Oliy taʼlim muassasalariga oid aniq maʼlumotlarni olish uchun quyida oʻzingizga tegishli mintaqa yoki mamlakat uchun keltirilgan havola ustiga bosing. Siz bittadan ortiq ariza berishingiz mumkin, lekin arizani oʻzingiz tanlagan taʼlim muassasasi orqali topshirishingiz lozim.

Magistratura bosqichi stipendiyalari uchun ariza topshirishning oxirgi muddati: Bu muddat oliy taʼlim muassasiga qarab farq qilishi mumkin. Tushunmovchiliklarning oldini olish uchun ariza topshirish muddatlarini oʻzingiz tanlagan oliy taʼlim muassasasidan tekshirib oling.

Ariza topshirishdan oldin barcha muvofiqlik talablari bilan toʻliq tanishib chiqing va ularga mos ekaningizga ishonch hosil qiling. Ariza topshirgach, arizangiz holati haqida bevosita tegishli universitetdan bilib olasiz.

Oʻzbekistonlik magistratura nomzodlari

Birlashgan Qirollik universitetlari Kurs turi Taklif etiluvchi kurslar

University of Portsmouth

Veb-sayt | Email

Magistratura
  1. Engineering Management (Muhandislik boshqaruvi)
  2. Mechanical Engineering (Mashinasozlik)
  3. Advanced Manufacturing (Ilgʻor ishlab chiqarish) 

Cranfield University

Veb-sayt | Email

Magistratura
  1. Advanced Water Management (Suv resurslarining ilgʻor boshqaruvi)
  2. Water and Sanitation for Development (Rivojlanish uchun suv va sanitariya)  
  3. Water and Wastewater Engineering (Suv taʼminoti va oqava suv muhandisligi) 
  4. Design Thinking (Dizayn-fikrlash) 
  5. Applied Bioinformatics (Amaliy bioinformatika)  
  6. Environmental Engineering (Atrof-muhit muhandisligi) 
  7. Environmental Management for Business (Biznes uchun ekologik boshqaruv)  
  8. Food Systems & Management (Oziq-ovqat tizimlari va boshqaruvi)  
  9. Future Food Sustainability (Kelajakdagi oziq-ovqat barqarorligi)  
  10. Geographical Information Management (Geografik maʼlumotlar boshqaruvi)  
  11. Global Environmental Change (Global ekologik oʻzgarishlar)  
  12. Advanced Mechanical Engineering (Ilgʻor mashinasozlik)  
  13. Advanced Digital Energy Systems (Ilgʻor raqamli energiya tizimlari)  
  14. Advanced Mechanical Engineering (Ilgʻor isitish texnologiyasi muhandisligi)  
  15. Renewable Energy (Qayta tiklanuvchi energiya) 
  16. Engineering & Management of Manufacturing Systems (Ishlab chiqarish tizimlari muhandisligi va boshqaruvi)  
  17. Management and Information Systems (Boshqaruv va axborot tizimlari)  
  18. Air Transport Management (Havo transporti boshqaruvi)  
  19. Airport Planning and Management (Aeroportlarni rejalashtirish va boshqarish) 
  20. Automotive Engineering (Avtomobilsozlik)  
  21. Automotive Mechatronics (Avtomobil mexatronikasi)  
  22. Connected and Autonomous Vehicle Engineering (Automotive) (Ulangan va avtonom transport vositalari muhandisligi (avtomobilsozlik))  
  23. Thermal Power and Propulsion (Issiqlik quvvati va harakatlantiruvchi tizim) 
  24. Robotics (Robototexnika) 
  25. Applied Artificial Intelligence (Amaliy sunʼiy intellekt)  
  26. Computational and Software Techniques in Engineering (Muhandislikda hisoblash va dasturiy taʼminot texnikalari)  
  27. Computational Engineering (Hisoblash muhandisligi)

St Andrews University

Veb-sayt | Email

Magistratura
  1. Strategic Earth Resources (Strategik yer resurslari)
  2. Health Data Science (Salomatlikka oid maʼlumotlar haqidagi fan) 
  3. Energy Ethics (Energiya etikasi)
  4. Sustainable Development (Barqaror rivojlanish)
  5. MSc Information Technology with Management (Boshqaruv bilan axborot texnologiyalari magistri)
  6. MSc Data-intensive Analysis (Maʼlumotlarning intensiv tahlili fannlari magistri)
  7. MSc Psychology Conversion (Psixologiya fanlari magistri – almashtirish)
  8. MSc Geochemistry (Geokimyo magistri)
  9. MSc Chemical Science (Kimyo fanlari magistri)
  10. MSc Finance and Economics (Moliya va iqtisod fanlari magistri)
  11. Data Science (online) (Maʼlumotshunoslik (onlayn))*
  12. Data Literacy for Environment and Social Justice (online) (Ekologik va ijtimoiy adolat uchun maʼlumot savodxonligi (onlayn))*
  13. Health Professions Education (online) (Sogʻliqni saqlash kasblari taʼlimi (onlayn))*

* Onlayn variantlardan FAQATGINA boshqa variantlar mavjud boʻlmagan hollarda foydalanish mumkin

Oʻzingiz qiziqqan kursga oid savollar yuzasidan tegishli universitetga murojaat qiling.

Agar stipendiya dasturiga oid savollaringiz boʻlsa, UK.Scholarships@britishcouncil.org email manzili orqali Britaniya Kengashiga murojaat qiling. Agar universitetning kontakt maʼlumotlarini topa olmasangiz, email orqali bizga murojaat qilishingiz mumkin.

Hujjatlar

STEM sohasidagi ayol-qizlar uchun stipendiyalar: savol-javob (tahrirlangan sana: 06/02/23)

2023-24 oʻquv yilida magistratura bosqichi uchun “Ayollar STEM sohasida” stipendiyalari boʻyicha muvofiqlik talablari