Buyuk Britaniya oliy ta'lim yo’nalishiga har yili 400000 dan ziyod xalqaro talabalarini qabul qiladi va buning sababini tushunish oson.

Dunyo reytinglarining eng yuqori pog'onasidan o’rin egallagan Buyuk Britaniya universitetlari, ish beruvchilar izlaydigan ko'nikmalarni shakllantirib beruvchi idora sifatida nom qozongan. Bu faqatgina ma'ruzalarda qatnashish bilan chegaralanib qolmay, siz jonli seminarlar, munozaralar va amaliy loyihalar orqali ustoz-murabbiylar bilan faol aloqada bo'lasiz. Bu tanqidiy fikrlash, ijodkorlik va o'zingizga bo’lgan ishonchni rivojlantirishga yordam beradi.

Dunyoning eng taniqli oliy o’quv yurtlarining ta’lim berish an'analaridan foydalanish bilan bir qatorda, Buyuk Britaniyaning jahon miqyosida tadqiqotlar o’tkazishda erishgan shuhrati e’tiboridan, siz ta’limdagi so'nggi vositalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lasiz. Buyuk Britaniya ta'lim tizimi, shuningdek, sizning ingliz tilidagi ko'nikmalaringizni va shu tilda so’zlashishda o’zingizga ishonch shakllantirishga yordam beradi, bu esa, dunyo bo'ylab ish beruvchilar tomonidan juda qadrlanadigan fazilatdir.

Bu yerga sizni qanday istaklar olib kelmasin, siz bakalavr yoki magistraturada, internat yoki keyingi ta'lim uchun kollejda o'qimang, ta’lim olish jarayoni xavfsiz va ko'p madaniyatli muhitda kechadi. Tahsil olar ekansiz, sizga yordam taklif etiladi, chunki Buyuk Britaniyaning barcha ta’lim muassasalari talabalar murojaat eta oladigan keng qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy ko’mak tizimiga ega. Shuningdek, musiqa festivallari va futbol o'yinlaridan tortib qadimiy qal'alar va jo’shqin tungi hayot bilan tanishishdek, madaniy sarguzashtlar ham taklif etiladi. 

Avstraliya va AQShga qaraganda arzonroq va uch yildan boshlanuvchi kurslarning narx va sifat nisbati yaxshi ekaniga amin bo’lgan holda, siz hayot tarzini o'zgartirib yuboradigan talabalik yillari tajribasidan bahramand bo'lishingiz mumkin. 

Buyuk Britaniyadagi ta'lim tizimi to'g'risida ko'proq ma'lumot olish uchun Buyuk Britaniyada o'qing: O’zingizni kashf eting ga tashrif buyuring.

See also