Agar Buyuk Britaniyada tan olingan muassasa tomonidan sizga Buyuk Britaniya ta’lim tizimiga muvofiq malaka berilgan bo'lsa, hujjatlaringizni O'zbekiston yoki boshqa mamlakatlarning davlat idoralariga, ta'lim muassasalari yoki ish beruvchilariga topshirishdan avval, ularning asl nusxalarini sertifikatlash, tasdiqlash yoki qonuniylashtirish talab etilishi mumkin.

  • Sertifikatlash bu fotonusxa asl hujjatning haqiqiy nusxasi ekanligini tasdiqlashdir. Sizga, Buyuk Britaniya ta’lim tizimiga muvofiq olgan malakalaringizga oid hujjatlar aslining sertifikatlangan nusxalarini tayyorlab berishimiz mumkin.
  • Tasdiqlash bu asl hujjatlarning haqiqiy ekanligiga ishonch hosil qilish jarayonidir. O'zbekistondagi Britaniya Kengashi tasdiqlovchi idora sifatida faoliyat ko'rsatishi va Buyuk Britaniyaning ta'lim yoki kasbiy hujjatlarining haqiqiyligini tasdiqlashi mumkin.
  • Qonuniylashtirish bu rasmiy hujjatdagi imzo, muhr yoki shtampning haqiqiyligini rasmiy tasdiqlashdir. Buyuk Britaniya Hamdo`stlik va xalqaro taraqqiyot ishlari bo`yicha tashqi ishlar vazirligi Qonuniylashtirish masalalari bo’yicha boshqarmasi Buyuk Britaniya ta’lim tizimi ostida olgan guvohnoma yoki diplomlarini o'z mamlakatlarida tan olinishini istovchi diplom egalariga apostil muhrlarini taqdim etadigan organ hisoblanadi. Hujjatingizni Hamdo`stlik va xalqaro taraqqiyot ishlari bo`yicha tashqi ishlar vazirligi Qonuniylashtirish masalalari bo’yicha boshqarmasiga yuborishdan oldin, siz avvalo ularning asl nusxasini tasdiqdan o’tkazib olishingiz kerak.

Bizning hujjatlar bo’yicha tadim etadigan har bir xizmat turimiz va ulardan qanday foydalanish mumkinligi to’g’risida ko'proq bilib oling.

Qaysi hujjatlar bo’yicha murojjat eta OLMAYSIZ?

Quyidagi hujjatlar bo’yicha biron bir xizmat turiga murojaat eta olmaysiz.

  1. Ilmiy daraja to'g'risidagi guvohnoma, diplom / diplomga qo'shimcha
  2. Diplomlar
  3. A-darajalari va O’rta maktabni yakunlagani to’g’risidagi umumiy guvohnomalar

Iltimos, ariza berishdan avval info@britishcouncil.uz elektron pochtasiga xabar yuboring va agar hujjat yuqorida ko'rsatilgan toifalarga kirmasa, biz orqali uni aniqlashtiring.

Qaysi hujjatlar bo’yicha murojjat eta OLMAYSIZ?

Quyidagi hujjatlar bo’yicha biron bir xizmat turiga murojaat eta olmaysiz.

  • IELTS Test hisobotining shakllari
  • Fotonusxalar
  • Sertifikatlangan fotonusxalar
  • Skaner qilingan tasvirlar

Agar dastur yoki muassasa Buyuk Britaniya ta'lim kengashlari tomonidan tan olinmagan bo'lsa, hujjat biron bir tarzda o'zgartirilgan yoki shikastlangan deb topilgan bo'lsa, yoki ushbu hujjatning asli bilan bog'liq biron savol tug'ilsa, Britaniya Kengashi har qanday hujjatni sertifikatlash yoki tasdiqlashni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Hujjatlarni sertifikatlash

Ushbu xizmatni taqdim etish uchun asl hujjatlaringizni talab qilamiz. Xizmat tugaguncha biz hujjatlarning xavfsizligini ta’minlaymiz va ularni sizga qaytarib beramiz. Biz o'zimizning qaydlarimiz uchun ulardan nusxa saqlab qo'yamiz. Shuningdek, ismingizni, hujjat turini, xizmat ko’rsatish sanasi va qaydimiz uchun zarur bo’lgan boshqa tegishli ma'lumotlarni yozib olamiz. Bu ma’lumotlar xavfsiz holda saqlanadi va, agar bizdan qonuniy tarzda talab qilinmasa, boshqa tomonlarga berilmaydi.

Sertifikat to'lovi hujjatlarning 3 nusxasigacha olinadi.

16 Buyuk Britaniy Funt Sterlingi O'zbek So'mida to'landi (Britaniya Kengashida narxlarni tekshiring).

To'lov

Bank o'tkazmasi

Bank o'tkazmasi uchun to'lov So'mda amalga oshirilishi kerak. Miqdor - 275,200 so'm.

Bizning bank tafsilotlarimiz quyidagicha:

Bank nomi: KDB Bank Uzbekistan, Yunusobod bo’limi
Hisob raqami: 2029 6000 9048 4475 4001
MFO: 00842
Hisob nomi: Britaniya Kengashi Ofisi
INN: 207066588

Ko’proq ma’lumot uchun iltimos biz bilan bog’laning.

Hujjatlaringizni qanday sertifikatlaymiz?

  1. Ariza shaklini o‘rganib chiqing va hujjatning talab qilingan nusxalari sonini ko‘rsatgan holda uni imzolang.
  2. Xizmat uchun to‘lovni amalga oshiring.
  3. Hujjatlarni (imzolangan ariza shakli, hujjatingizning asl nusxasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki pasport nusxasi va to‘lov kvitansiyasining nusxasi) Britaniya Kengashiga 100084, Тoshkent, Xalqaro biznes markazi, Amir Temur ko`chasi, 107B, blok А, 2-qavat manziliga olib kelib bering.
  4. Hujjatlaringiz tayyor bo‘lganda elektron pochta orqali xabarnoma yuboriladi. Hujjatlrni tayyorlash uchun etti kun talab qilinadi.
  5. Hujjatlarning asl nusxalarini tasdiqlangan nusxalari bilan birga ofisimizdan olishingiz mumkin bo‘ladi.

Biz nima qilamiz

Sertifikatsiyalash uchun hujjatlaringizni taqdim etganingizda, biz:

  • Hujjatlaringiz sertifikatlashtirish xizmatiga muvofiqligini tekshiramiz.
  • Hujjatlarning aslidan nusxa olamiz va so'ralgan nusxalarga sertifikatlash muhrini bosamiz.

Hujjatlarni tasdiqlash

Ushbu xizmatni taqdim etish uchun asl hujjatlaringizni talab qilamiz. Xizmat tugaguncha biz hujjatlarning xavfsizligini ta’minlaymiz va ularni sizga qaytarib beramiz. Shuningdek, hujjatlaringizni nusxalarini ularni taqdim etgan organlarga jismoniy yoki elektron shaklda yuborishimiz kerak bo'ladi. Agar biron-bir firibgarlik aniqlansa, biz batafsil ma'lumotni tegishli qonun muhofazasi organlarga yuboramiz.

Xizmatimiz tugagach, hujjatlarning nusxasini o’z qaydlarimiz uchun saqlab qo’yamiz. Shuningdek, ismingizni, hujjat turini, xizmat ko’rsatish sanasi va qaydimiz uchun zarur bo’lgan boshqa tegishli ma'lumotlarni yozib olamiz. Bu ma’lumotlar xavfsiz holda saqlanadi va, agar bizdan qonuniy tarzda talab qilinmasa, boshqa tomonlarga berilmaydi.

Hujjatlaringiz qanday tasdiqlanadi?

  1. Siz ariza shakli bilan tanishib chiqishingiz va uni imzolashingiz kerak. Agar sizning nomingizdan tasdiqlangan hujjatlarni boshqa shaxs olib ketadigan bo‘lsa, siz ariza shaklining “Vakolatlar” bo‘limini to‘ldirishingiz lozim.
  2. Biz hujjatni faqat uni bergan ta’lim muassasasidan hujjat asl nusxasining haqiqiyligini tasdiqlovchi ma’lumot olganimizdan so‘ng tasdiqlay olamiz. Buning uchun siz bizning “Data Protection” shaklimizni imzolashingiz zarur.
  3. Xizmat uchun to‘lovni amalga oshiring.
  4. Hujjatlarni (imzolangan arizaning asl nusxasi, diplomning asl nusxasi, transkriptning asl nusxasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki pasport nusxasi va to‘lov kvitansiyasining nusxasi) Britaniya Kengashiga 100084, Тoshkent, Xalqaro biznes markazi, Amir Temur ko`chasi, 107B, blok А, 2-qavat manziliga olib kelib bering.
  5. Hujjatlaringiz tayyor bo‘lganda, elektron pochta orqali xabar olasiz va ularni olib ketishingiz mumkin bo‘ladi. Odatda verifikatsita jarayoni 15 ish kunida amalga oshiriladi.
  6. Jarayonni yakunlash uchun biz asl hujjatingizning orqa tomoniga tasdiqlash muhrini qo'yamiz. Buning uchun siz hujjatning asl nusxasiga muhr bosish uchun rozilik formasini imzolashingiz va uni ilova qilishingiz kerak.
  7. Ofisimizga tashrif buyurib, tasdiqlangan hujjatlarning asl nusxalarini olishingiz mumkin.

Tasdiqlash xizmati uchun to’lov

22 Buyuk Britaniya Funt Sterlinggi, O’zbek So’mida to’lanadi (378,400 so'm).

Biz nima qilamiz

Tasdiqlash uchun hujjatlaringizni taqdim etganingizda, biz:

  • Hujjatlaringizni tasdiqlash xizmatiga muvofiqligini tekshiramiz.
  • Hujjatingizning skanerdan o’tgan nusxasini hujjat taqdim etuvchi organga yuboramiz.
  • Agar hujjat taqdim etuvchi organ hujjatning haqiqiyligini tasdiqlasa, biz hujjatingiz aslining orqasiga tasdiqlash muhrini bosamiz.
  • Agar oliy o’quv yurti o’zining tasdiqlash xizmati uchun qo'shimcha to'lov talab qilsa, siz ular bilan bog'lanishingiz va to'lovni bevosita o'zingiz amalga oshirishingiz kerak bo'ladi.

To’lov

Bank hisob raqami orqali

Bank hisob raqami orqali to’lov O’zbek So’mida amalga oshirilishi lozim.

Bizning bank tafsilotlarimiz quyidagicha:

Bank nomi: KDB Bank Uzbekistan, Yunusobod bo’limi
Hisob raqami: 2029 6000 9048 4475 4001
MFO: 00842
Hisob nomi: Britaniya Kengashi Ofisi
INN: 207066588