Ta'lim sifatini oshirish va o'quv jarayonlarini yaxshilash uchun Ingliz tili ko'nikmalarini ishonchli va aniq tekshirish juda zarur.
Aptis sizga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- O'qituvchilar va o'quvchilarning ingliz tilidan ko'nikmalarini samarali baholash va tekshirib borish imkoniyati.
- Kerakli nomzodni ishga qabul qilish va ishchilarning kerakli darajada til ko'nikmalariga egalikliga ishonch hosil qilish.
- Shaffof qabul va bo'shash jarayonlarini tashkil qilish.
- Ta'lim jarayonini yaxshilash va treninglar tashkil etishda nomzodlarning yutuq va zaif tomonlarini aniqlash.
- Talabalarni bilim darajasiga asoslanib sinflarga to'g'ri taqsimlash.
- Talabalarni Ingliz tilida olib boriladigan dastur va loyihalarda ishtirok eta olishiga ishonch hosil qilish.
Muassasangiz mavqeini ko'taring
Aptis sizga Ingliz tili standartini ko'tarish va muassasangizdagi ingliz tilidan yutuqlarni va ta'lim sifatini aksiadorlarga namoyish etishga yordam beradi.
Britaniya Kengashi- ingliz tili ko'nikmalarini baholashda yetakchi tashkilot bilan hamkorlik qiling va raqobatdosh muhitda ustunlikka ega bo'ling!
Ishonchli testni tanlang
Aptis ingliz tili ko'nikmalarini baholashga doir xalqaro dolzarb tadqiqotlarga asoslangan va doim yangilanib boradi. Uning tuzilishi, baholash va o'tkazish jarayoni eng yuqori talablar va sifatda o'tkazilishi ta'minlanadi.
Aptis natijalari Yevropa Til Ko'nikmasi Andozasi (CEFR) bilan bog'liq holda bo'ladi. Demak o'qituvchilar va talabalar til ko'nikmalarini oson bilib olishingiz mumkin.
Aptis testidagi vazifalar kommunikativ tarzda tuzilgan, bu esa hayotiy vaziyatlarda ingliz tili ko'nikmalarini aniq baholab beradi.
Baholash jarayonini optimallashtiring
Aptis testi talablarga asosanish va til ko'nikmalari bo'yicha baholash uchun eng yaxshi moslashuvchanlik xususiyatiga ega. Siz ehtiyojingizga asoslanib istalgan til ko'nikmasini yoki barcha ko'nikmalarni bir vaqtda tekshirtirishingiz mukin. Bu test istalgan vaqt, joy va tezlikda talabingizga mos ravishda o'tkazilishi mumkin.
Aptis testi maxsus tayyorgarlikni talab etmaydi, test tuzilishi bilan tanishsangiz kifoya. Bu metodikangizni o'zgartirmasdan Aptisni hozirgi ta'lim jarayoniga kiritilish imkonini beradi.
Ta'lim sohasi uchun yaratilgan maxsus baholash tizimi
Biz Aptis testini talabalar va o'qituvchilar til ko'nikmalarini aniq baholash uchun maxsus ta'lim sohasiga moslashtirilgan tarzda yaratdik. Har kungi hayotiy va ish sharoitlariga asoslangan tarkibga ega bo'lgani sabab O'smirlar va O'qituvchilar uchun Aptis aynan til ko'nikmalarini baholashga e'tibor qaratilishiga imkon beradi.
O'qituvchilar uchun Aptis testi umumiy ingliz tilidan bilim darajasini baholaydi. Test tarkibi ustozlar har kuni duch keladigan holatlarga asoslangan.
O'smirlar uchun Aptis testi 13-17 yoshdagilar uchun yaratilgan. Test tuzilishi va savollar o'zmirlar kundalik hayotidagi jarayonlar va holatlarga asoslangan va hatto ijtimoiy tarmoqlar, uy vazifalari va sport mavzularini ham o'z ichiga oladi. .