Aptis imtihoni hodimlaringizning ingliz tili ko'nikmalarini yetarli darajadaligi va biznesingizni rivojlantirishga hissa qo'sha olishligiga ishonch hosil qilishingizga yordam beradi.

Aptis quyidagi maqsadlarda qo'llanishi mumkin:

  • iste'dodli nomzodni ishga qabul qilish va lavozimini oshirish
  • Ingliz tili ko'nikmalarida zaif nutqalarni aniqlash
  • Ishchilarinigiz ehtiyojiga mos ravishda treninglarni rejalashtirish

Samarali ish jarayonini ta'minlang

Aptis imtihoni kundalik hayotda kerak bo'ladigan ingliz tili ko'nikmalarini baholaydi. Uning tuzilishi ishchilaringizni hamkorlar, xalqaro investorlar va mijozlar bilan samarali va mukammal suhbat qura olishligiga ishonch hosil qilishingizga yordam beradi.

Tashkilotinigiz mavqeini oshiring

Aptis imtihoni ingliz tili ko'nikmalarini baholash, tashkilotingiz mavqeini oshirish va tashkilot maqsadlariga erishishga yordam beradi. Aptis eng dolzarb akademik tadqiqotlarga asoslanadi va yuqori sifat ko'rsatkichlarini ta'minlaydi. Yuqori aniqlik va ishonchli natijalar esa qoniqarsiz darajadagi ingliz tili ko'nikmalari tashkilotingiz mavqeiga putur yetkazishini oldini oladi.  

Trening va ishga qabul qilish jarayonlarini optimallashtiring

Aptis imtihoni sizga ma'qul manzil, sana va vaqtda o'tkazilishi mumkin. Butun jarayonni o'zingiz boshqarishingiz yoki bu vazifani bizga yuklashingiz mumkin. Aptis bilan siz aynan ehtiyojingizdagi ko'nikmalarni baholashingiz, bu bilan resurslarni tejash va a'lo natijaga ega bo'lishingiz mumkin. 

Puxta qaror qabul qiling

Aptis imtihoni ingliz tili ko'nikmalarini kundalik hayotdagi so'zlashuvga asoslangan holda tekshirish imkonini beradi. Bu sizga atigi 48 soat ichida barcha ko'nikmalar, hatto so'zlashish va yozish ko'nikmalari bo'yicha ham aniq natijalar taqdim etadi.
Natijalar jamoa doirasida yoki individual tarzda ham berilishi mumkin. Natijalar CEFR baholash standartiga mos ravishda taqdim etilishi sizga nomzodlarning natijalarini taqqoslash, har bir shaxsning ehtiyojlarini aniqlash va shunga asoslanib treninglar tashkillashtirish imkonini beradi. Bu o'z navbatida ishga qabul qilish, rivojlanish va treninglar rejalashtirishda adashmasligingizni ta'minlaydi.