Aptis ingliz tili darajasini baholash uchun ishonchli vosita bo'lib, u ingliz tilini rivojlantirish dasturlari va mavjud tizimlarga milliy malakani baholash tizimi sifatida ham kiritilishi mumkin.

Aptis quyidagi maqsadlar uchun qo'llanishi mumkin:

  • Ishchilar, o'qituvchilar va o'quvchilarning Ingliz tilidan ko'nikmalarini baholash va natijalarni CEFR standarti ko'rinishida taqdim etish.
  • Treninglar rejalashtirish uchun til ko'nikmalarini audit qilish.
  • Qo'shimcha trening talab etuvchi sohalarni aniqlash.
  • Barcha bosqichdagi ingliz tiliga aloqador loyihalarni muvaffaqiyatini baholash.
  • Ingliz tilidan belgilangan talablarga nomzodlarning ko'nikmalari to'g'ri kelishiga ishonch hosil qilish.

Ingliz tilidagi loyihalaringizning samaradorligini aniqlang

Aptis natijalari Yevropa Til Ko'nikmasi Andozasi (CEFR)  ga mos tarzda belgilanadi. Bu sizga uzoq vaqt avvalgi natijalar bilan taqqoslash va treninglarning samarasini baholashga imkon beradi. Aniq natijalarga asoslanib ishchilar uchun treninglar rejalashtirish va ularni malakalarini oshirish haqida asosli qaror qabul qilishinigiz mumkin.

Baholash jarayonini optimalashtiring

Aptis imtihoni bilan siz barcha til ko'nikmalarini, yoki faqat istalgan ko'nikmalarni baholashingiz mumkin. Bunda test topshiruvchilarning sonidan qatiy nazar, online yoki offline tarzda ham xavfsizlik va aniqlik ta'minlanadi. Aptis imtihoni ingliz tilini barcha darajada biluvchilar tomonidan topshirilishi mumkin. Uning moslashuvchanligi baholash uchun vaqt va resurslarni tejash imkonini yaratadi. 

Ishonchli imtihonni tanlang

Biz baholashning barcha bosqichlarida: savollar tuzishdan baholashgacha, sifat nazorati va monitoring jarayonlarida ham eng dolzarb taqdiqotlarga asoslanamiz.

Aptis imtihoni bizning mutaxassilar jamoamiz tomonidan yaratilgan va eng dolzarb baholash tadqiqotlari, ijtimoiy bilim doirasi va davomiy tadqiqot ishlarimizga asoslangan baholash vositasidir.

Qatiy sifat nazorati aniq va ishonchli natijalarni ta'minlaydi va sizning ingliz tili loyihalaringiz, maktab dasturi va ta'lim dasturlarini rivojlantirish uchun qo'llashingizga imkon yaratadi.  

Sizning ehtiyojingizga mos baholash tizimi

Umumiy Aptis shakliga qo'shimcha tarzda biz o'qituvchilar va o'quvchilar uchun maxsus imtihon shakllarini ham yaratganmiz. O'qituvchilar uchun Aptis va O'smirlar uchun Aptis imtihonlari chet tili dasturini shakllantirish uchun muhim va ishonchli vosita bo'ladi.

Biz baholash tizimini dolzarbligini ta'minlash va mahalliy ehtiyojlarni xalqaro standartlar asosida qoniqtirish uchun aynan sizning talab va ehtiyojingizga asoslanib baholash tizimini yaratib berishimiz mumkin.