Ustozlar uchun Aptis imtihoni O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat Test Markazi tomonidan rasmiy tan olinadi. DTM rahbari tomonidan imzolangan (Adliya Vazirligi tomonidan No.2520-3 raqam ostida 30 Dekabr 2019 yil ro'yxatga olingan) No.01-695 sonli qaroriga asosan Ustozlar uchun Aptis imtihonidan C darajasini qo'lga kiritgan ustozlarga 15 yoki 30% ustama haq to'lanadi.

Nega ustozlar uchun Aptisni tanlash kerak?
Ustozlar uchun Aptis imtihoni ta'lim sohasi uchun maxsus yaratilgan imtihondir.