Aptis ESOL for Teachers, image

Oʻqituvchilar uchun Aptis ESOL – oʻqituvchilar uchun moʻljallangan umumiy ingliz tili bilimini baholash testi boʻlib, u taʼlim sohasiga moslashtirilgan. Bu test Umumyevropa til koʻnikmasi standartlari (CEFR) boʻyicha B2 darajasigacha boʻlgan bilim va koʻnikmalarni baholaydi.

Oʻqituvchilar uchun Aptis ESOL topshiriqlari va savollari oʻqituvchilarning kundalik faoliyatida duch keladigan vaziyatlarga bogʻliq. Bu test topshiruvchilarga faqatgina tekshirilayotgan haqiqiy tilga eʼtiborlarini qaratish imkonini beradi.

Oʻqituvchilar uchun Aptis ESOL test narxi 1 300 000 soʻmni tashkil etadi.

Oʻqituvchilar uchun Aptis ESOL formati

Komponentlar

Davomiyligi (daqiqa) Baxolash Vazifalar
Grammar and Vocabulary 25 0 - 50 50*
Speaking 12 CEFR A1 - B2 /0-50 4
Writing 50 CEFR A1 - B2 /0-50  4
Listening 40 CEFR A1 - B2 /0-50  17
Reading 35 CEFR A1 - B2 /0-50 4

* 50 savollar (25 + 25) 

Oʻqituvchilar uchun Aptis ESOL:

  • Maktablar, kollejlar va universitetlarda ishlaydigan ingliz tili oʻqituvchilari uchun 
  • maktablar, kollejlar, oliy oʻquv yurtlaridagi boshqa fanlar oʻqituvchilari
  • Keng miqyosli til dasturlaridagi ingliz tili oʻqituvchilari oʻqituvchilik tayyorgarligi yoki universitet dasturlarida tahsil olayotgan talabalar
  • taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan boshqa mutaxassislar.

Aptis ESOL testiga qanday tayyorgarlik koʻrish haqida batafsil.