Aptis ESOL Advanced – bu Umumiy Yevropa til ko‘nikmasi andozasi (CEFR) boʻyicha B1 dan C2 gacha boʻlgan til bilish darajasini baholovchi toʻrt koʻnikmali umumiy ingliz tili imtihoni hisoblanadi.
Aptis ESOL Advanced darajasi uchun topshiriqlar murakkabroq boʻlib, C1 va C2 darajadagi nomzodlarni farqlash uchun moʻljallangan.
Siz Aptis ESOL Advanced imtihonini Britaniya Kengashi nazorati ostidagi yuzma-yuz test sessiyalarida kompyuter orqali topshirishingiz mumkin.
Aptis ESOL Advanced sizga toʻrtta asosiy til koʻnikmasini – Speaking, Listening, Reading va Writing koʻnikmasini baholash, shuningdek, grammatika va soʻz boyligini tekshirish imkonini beradi.
Aptis ESOL Advanced imtihoni narxi 1 300 000 soʻm ni tashkil etadi.
Aptis ESOL Advanced formati
| Imtihon komponentlari/tarkibiy qismi | Imtihon davom etish vaqti | Baholash | Vazifalar |
|---|---|---|---|
| Grammatika va so’z boyligi | 25 | 0 - 50 | 50 |
| Speaking (Nutq) | 10 | CEFR B1 - C2 /0-50 | 3 |
| Writing (Yozish) | 45 | CEFR B1 - C2 /0-50 | 3 |
| Listening (Tinglash) | 30 | CEFR B1 - C2 /0-50 | 28 (+/- 4) |
| Reading (O’qish) | 60 | CEFR B1 - C2 /0-50 | 4 |
Aptis ESOL testiga qanday tayyorgarlik koʻrish haqida batafsil.