Ustozlar uchun Aptis imtihoni ingliz tili ko'nikmalaringizni tasdiqlaydigan rasmiy hujjat bo'lib, oyligingizga qo'shimcha ustama haq olish imkonini beradi. 

Aptis for Teachers - bu ta’lim sohasi uchun maxsus ishlab chiqilgan Aptis variantidir. Imhihon kontenti tajribangizga mos keladi va bu sizga eng yaxshi natijalarni ko‘rsatishga va imtihon paytida tilni o‘ziga e’tibor qaratishga imkon beradi. 

  • Imtihon tez, qulay va hamyonbop – barcha qismlarni bir kunda topshiring va natijalaringizni 72 soatdan keyin oling.
  • Ishonchli va to‘g‘ri natijalar mavjud - nutq va yozish qismlari bizning malakali imtihon oluvchilarimiz tomonidan baholanadi. O‘qish, tinglash, grammatika va lug‘at tizim ichida avtomatik ravishda baholanadi.
  • Imtihon maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi, shunchaki test formati bilan tanishish kerak. Aptis bu tilni bilish darajasi imtihoni bo‘lib, u Umumiy Yevropa Umumiy Yevropa baholash mezoniga (CEFR) muvofiq ingliz tilini bilish darajasining ishonchli ko‘rsatkichini ta’minlaydi.
  • Imtihon rasman ingliz tilini bilishning haqiqiy isboti sifatida e’tirof etiladi.

Imtihon formati va vaqtlari

Imtihon bizning rasmiy test markazlarimizdan birida kompyuterda topshiriladi. Aptis for Teachers quyidagi qismlardan iborat bo‘lib, ular bir kunda topshiriladi:

  • Grammatika va lug‘at – 25 daqiqa
  • Nutq – 12 daqiqa
  • Yozish – 50 daqiqa
  • Tinglash – 40 daqiqa
  • O‘qish – 35 daqiqa

Kelgusi test sanalari va joylari

Sana Joylashuv

06/09/2023

08/09/2023

14/09/2023

21/09/2023

28/09/2023

Toshkent

23/09/2023

Jizzax

02/09/2023

Buxoro

09/09/2023

Nukus

16/09/2023

Farg'ona

02/09/2023

Sirdaryo

Alohida imtihon topshiruvchilar uchun:

Agar siz Aptis for Teachers imtihonini topshirmoqchi bo‘lsangiz, bizning hamkorlarimiz - Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazida ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshirishingiz mumkin. Roʻyxatdan oʻtish uchun shu yerni bosing. Sizdan hisob yaratish talab qilinadi.

Tashkilotlar uchun:

Agar siz xodimlaringiz yoki talabalaringiz uchun Aptis for Teachers imtihonini tashkil qilmoqchi bo‘lsangiz (kamida 20 nafar imtihon topshiruvchi), iltimos, bizga batafsil ma’lumotni info@britishcouncil.uz elektron pochta manziliga yuboring.

Imtihon to‘lovi

To‘lov 750 000 so‘mni tashkil etadi. To‘lovlar bizning hamkor ro‘yxatdan o‘tish platformamiz orqali amalga oshiriladi.

Natijalar

Natijalaringizni 48 soatdan kegin https://cabinet.assessment.uz saytida ko‘rishingiz mumkin va sertifikatingizni 5-7 ish kuni ichida olasiz.

Nutq va yozish qismlari bizning malakali imtihon oluvchilarimiz tomonidan baholanadi. O‘qish, tinglash, grammatika va lug‘at tizim ichida avtomatik ravishda baholanadi. Natijalar Umumiy Yevropa baholash mezoni bilan taqqoslanadi (CEFR).

Tan olish va mahalliy imtiyozlar

Aptis for Teachers - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan rasman tan olingan va e’tirof etilgan malaka hisoblanadi. (07.09.2021 yildagi 3318-sonli Qaror)