Aptis ESOL testlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga bel bogʻlagan xalqaro hamjamiyatga qoʻshiling.
Aptis hamkori sifatida, sizning tashkilotingiz Britaniya Kengashi tomonidan Aptis ESOL testini targʻib qilish, roʻyxatga olish va oʻtkazish huquqiga ega deb tan olinadi.
Aptis ESOL hamkori boʻlishning afzalliklari
Jahon miqyosidagi eʼtirof
Til bilish sohasida jahon miqyosida obroʻli boʻlgan Britaniya Kengashi bilan hamkorlik qilish tashkilotingizning nufuzini yanada oshiradi. Bu yuqori sifatli til oʻqitish va baholashga boʻlgan sodiqligingizni namoyon etib, tashkilotingizga eng munosib nomzodlarni jalb qilishga koʻmaklashadi.
Har tomonlama qoʻllab-quvvatlash
Aptis ESOL testini uzluksiz joriy etish va oʻtkazishni taʼminlash uchun maʼmuriy, texnik va operatsion yoʻnalishlarda har tomonlama qoʻllab-quvvatlash xizmatlaridan foydalaning.
Ekskluziv trening materiallari
Oʻqituvchilaringiz va test topshiruvchilaringizning tayyorgarligi hamda natijalarini sezilarli darajada yaxshilash uchun oʻquv materiallari, yoʻriqnomalar va qimmatli maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan eksklyuziv resurslar toʻplamidan foydalaning.
Malaka oshirish
Seminarlar, treninglar va qoʻshimcha manbalar orqali xodimlarni rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalaning. Bu orqali oʻqituvchilar va maʼmuriyat xodimlari til taʼlimi va test sinovlari sohasidagi eng soʻnggi yutuqlardan xabardor boʻlib turishlarini taʼminlaysiz.
Aptis ESOL boʻyicha biz bilan hamkorlik qilish yoʻllari
Xalqaro tarmoq aʼzosi
Aptis ESOL haqidagi xabardorlik va eʼtirofni sizning mintaqangizda oshirishga yordam bering. Buning uchun targʻibot tadbirlarida faol qatnashing hamda roʻyxatga olish markazlari va maktablar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnating.
Roʻyxatga olish markazi
Talabalaringizni biz yoki vakolatli test markazlarimiz tomonidan oʻtkaziladigan Aptis ESOL sessiyalariga roʻyxatdan oʻtkazing va maxsus tayyorgarlik koʻrish imkoniyatiga ega boʻling.
Vakolatli test markazi
Markazingizda Aptis ESOL imtihon seanslarini oʻtkazing va jamoangiz orasida Aptis ESOL haqidagi xabardorlikni oshiring.
Aptis ESOL hamkorlikdagi test o‘tkazish nuqtalari
Oʻz binolaringizda Aptis ESOL test sessiyalarini oʻtkazing, bunda sinovlarni oʻtkazish va xavfsizlik bilan bogʻliq barcha jarayonlarni boshqaring.