Aptis ESOL nima?

Aptis ESOL – Britaniya Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan toʻrt koʻnikmani oʻz ichiga olgan, kompyuter asosidagi ingliz tili testidir. Bu test nazorat ostidagi yuzma-yuz sessiyalarda oʻtkaziladi.

Aptis ESOL shaxslarning ingliz tili bilim darajasini xalqaro standartlarga muvofiq tekshirishi lozim boʻlgan tashkilotlar tomonidan tan olingan tizimdir. Hozirgi kunda Aptis ESOL sertifikatini tan oluvchi  tashkilotlarning toʻliq roʻyxati bilan tanishib chiqing.

Aptis ESOL'ning afzalliklari

Ishonchli

Malakalar va imtihonlarni nazorat qilish boshqarmasi (Ofqual) tomonidan tartibga solingan, Britaniya kengashining baholash sohasidagi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan hamda butun dunyo boʻylab vazirliklar va taʼlim muassasalari tomonidan eʼtirof etilgan.

Aniq

Aptis ESOL 72 soat ichida maxsus tayyorlangan inson imtihon oluvchilari tomonidan Speaking va Writing koʻnikmalarini baholab, tezkor va ishonchli natijalarni taqdim etadi.

Xavfsiz

Britaniya Kengashi yoki tasdiqlangan hamkorlar tomonidan qatʼiy xavfsizlik qoidalari asosida yuzma-yuz oʻtkaziladigan sessiyalarda taqdim etiladi. Nomzodlarning sertifikatlari haqiqiyligini blokcheyn texnologiyasiga asoslangan natijalarni tekshirish xizmati orqali tasdiqlashingiz mumkin.

Aptis ESOL'dan qanday foydalanish mumkin?

Koʻplab muassasalar Aptis ESOL imtihonini quyidagi maqsadlarda tan oladi:

  • Mahalliy qabul talablari: Talabalarning ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarda tahsil olishga tayyorligini taʼminlash.
  • Mahalliy yakaniy imtihon talablari: Talabalarning ingliz tili bilimi darajasi mahalliy oʻquv yurtining bitirish talablariga mos kelishini taʼminlash.
  • Kasbiy malaka talablari: Oʻqituvchilar yoki boshqa mutaxassislarning mahalliy muassasa (vazirlik, hukumat, ish beruvchi) tomonidan belgilangan ingliz tili bilimi darajasiga mos kelishini taʼminlash.