BIZ NIMA BILAN SHUG’ULLANAMIZ

Biz Britaniyaning eng kuchli, iqtidorli ijodkorlari bilan birgalikda ishlab, yangiliklarga boy, yuqori sifatli tadbirlar uyushtiramiz va san’atkorlar va madaniyat muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantiramiz. Biz O’zbekistonda to’lqinlantiruvchi loyihalarni amalga oshirishimiz uchun, xalqaro darajada ijodkor sheriklar bilan munosabatlarni yo’lga qo’yamiz.

San’at sohasidagi dasturimizning asosiy e’tibori siyosiy chora-tadbirlar yuzasidan muloqotlar o’tkazish, barqaror natijalarga erishish hamda salohiyatni oshrish masalalariga qaratilgan. 2015 yildan buyon, san’at sohasidagi dasturimizni qayta yo’lga qo’ygach, 3000 nafar qaror qabul qilishga mas’ul shaxslar, san’at sohasi kasb ustalari, soha o’qituvchilari va talabalari bilan yuzma-yuz ishlaganmiz, shuningdek 11 million kishini ko’rgazmalar, nashrlar va efir orqali jalb etganmiz.

Biz bilan O’zbekistonda hamkorlik qiluvchi asosiy sherik tashkilotlar bu – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, asosiy ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari, “Hunarmand” uyushmasi, davlat muzeylari, zamonaviy san'at markazlari va galereyalari.