Bitiruvchilarning istiqbollarini oshirish
Ushbu dastur orqali biz uzoq muddatli sheriklik aloqalarini o'rnatishni, haqiqiy o'zgarishlarni amalga oshirishni va odamlarga, ayniqsa ayollar va qizlarga ularning ko'nikmalarini, bilimlarini takomillashtirish, shuningdek, umumjahon mehnat bozorida muvaffaqiyat qozonish va rivojlanish uchun imkoniyatlarini oshirishga yordam berishni xohlaymiz.
Keng ko’lamli xalqaro ta'lim tizimlari nuqtai-nazaridan mahalliy shart-sharoitlarni chuqur anglashimiz odamlarni, bitiruvchilarning ish bilan ta'minlanish imkoniyatlarini oshirish maqsadida, tajriba va ilg'or amaliyotlar bilan o'rtoqlashish uchun birlashtirishga imkon beradi.
Bizning faoliyatimiz ta'lim siyosatini ishlab chiqishga hissa qo’shadi va O'zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog'iston, Turkiya va Ukrainada kuchli ta'lim tizimini yaratishga yordam beradi.
BIZ O’Z E’TIBORIMIZNI QUYIDAGI UCH SOHAGA QARATAMIZ:
- Oliy ta’lim tizimida ingliz tili: Biz oliy o’quv yurtlarida ingliz tilini o’qitishni takomillashtirish, shuningdek, ingliz tilini ta’lim berish vositasi sifatida yaxshilashni istaymiz. Maqsadimiz ko'proq bitiruvchilarga xalqaro savdo munosabatlarida ishtirok etish imkonini berish va ilmiy-tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorliklarini yanada yaxshilashdan iborat.
- O'qitish sifati: Biz oliy o’quv yurtlarida o'qitish va o'rganish sifatini oshirishni xohlaymiz. Sifatni ta'minlash standartlarni joriy etish va ularni qo’llash uchun zarurdir. Biz ta'lim standartlarini oshirish, ularning strategiyalarini ishlab chiqish va yuqori malakali xodimlar yetishtirib chiqarish markazlarini yaratish bo'yicha ta’lim muassasalari bilan ish olib boramiz.
- Bitiruvchilarning ish bilan ta'minlanishi: Oliy ma'lumotga ega bo'lish, ishsizlik darajasi pasayishini anglatmaydi. Biz, talabalar tegishli ko'nikmalarni mehnat bozoriga olib kelishini va 21-asr talablariga javob berishini, ta'minlashimiz kerak.