Training for Research-Enterprise Development 

Oliy ta’lim sifatini ta’minlash dasturining bir qismi sifatida, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda O’zbekistondagi Britaniya Kengashi oliy o’quv yurtlari negizida tadqiqotlar o’tkazish va sanoat tarmoqlari bilan barqaror aloqa o’rnatish, shuningdek bu muhim yo’nalishda xalqaro sheriklikni amalga oshirishga yo’naltirilgan, loyihani amalga oshirdi. 

Dasturning birinchi bosqichi o’z ichida, mamlakatning 320 ta oliy o’quv yurtlarining ilmiy ish bo’yicha rektor o’rinbosarlari, 65 ta oliy o’quv yurti doktorantura va bakalavr talabalari uchun o’tkazilgan bir necha ilmiy-amaliy seminarlarni mujassam etdi. Seminarlar uchta oliy o’quv yurti negizida tashkil etildi: 2018 yil 31-yanvar va 1-fevral kunlari Toshkent moliya institutida, 3-fevral kuni Samarqand Davlat Universitetida va 5-fevrar kuni Namangan Davlat Universitetida. Dasturni amalga oshirishda O’zbekiston oliy o’quv yurtlaridan murabbiylar jamoasi hamda Birlashgan Qirollikdan tashrif buyurgan konsultantlar – Jo Chaffer va Martin Pennylar ishtirok etdi.

Dasturning birinchi bosqichida quyidagilar maqsad etib belgilandi: 

  • oliy o’quv yurtlarida amalga oshiriladigan tadqiqot ishlari diqqat-e’tiborini iqtisodiy rivojlanish, muayyan amaliy natijalarga erishish hamda xalqaro hamkorlik masalalariga qaratishni ta’minlaydigan, zaruriy ko’nikmalarni aniqlash;  
  • ilmiy tadqiqotlarni o’tkazish bo’yicha xalqaro tajribani muhokama etish, ularni o’tkazishda biznes va sanoat tarmoqlari bilan aloqa o’rnatish va O’zbekiston oliy o’quv yurtlarining ilmiy ishga mas’ul rektor o’rinbosarlari hamda bakalavr va doktorantura talabalarini jalb etish; 
  • oliy o’quv yurtida amalga oshiriladigan tadqiqot faoliyati va sanoat tarmoqlari bilan hamkorlik modellarini ko’rib chiqish;
  • zamonaviy tadqiqot o’tkazish ko’nikmalarini rivojlantirish va zamonaviy tadqiqot o’tkazish texnologiyalari, shu jumladan sanoat tarmoqlari bilan ishlash hamda xalqaro hamkorlik uchun zaruriy jihatlar bilan tanishtirish; 
  • nufuzli xalqaro nashrlarda ilmiy tadqiqotlarning natijalarini chop etish uchun kerak bo’ladigan talablarni o’rganish. 

Dasturning ikkinchi bosqichi loyihalarni rejalashtirish va ishlab chiqish hamda oliy o’quv yurtlari o’rtasida eng yaxshi loyiha taklifi bo’yicha tanlovda ishtiriok etishdan iborat bo’ldi. Tanlov natijasi o’laroq, quyidagi oliy o’quv yurtlari va ularning biznes hamkorlari nomidan oltita jamoa tanlab olindi: 

  1. Andijon mashinasozlik instituti 
  2. Farg’ona Davlat universiteti 
  3. Qoraqalpog’iston Davlat universiteti 
  4. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligi mexanizatsiyalash muhandislari instituti 
  5. Turin Politexnika universiteti
  6. O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti 

Loyihaning uchinchi bosqichi 2018 yil 1-2 mart kunlari Toshkent shahrida o’tkazildi. Uning doirasida g’olib jamoalar o’z loyihalarini o’zaro-faol innovatsion tadbirlar orqali yanada rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ldilar. Bu tadbirlar qatoridan Tadbirkorlik va g’oyalar bozori, oliy o’quv yurtlarining korxonalar bilan aloqalar o’rnatish strategiyalarini belgilab olishga bag’ishlangan Davra suhbati, Britaniya va mahalliy ekspertlar bilan loyihani boshqarish, tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyalari, loyihani moliyalashtirish, marketing va jamoatchilik bilan aloqalar bo’yicha o’tkazilgan yakka tartibdagi maslahatlashuvlar o’rin egalladi. Dastur yakunida milliy simpozium o’tkazilgan bo’lib, unda olti jamoa o’z loyihalarini taqdim etdilar va yakuniy tanlovda ishtirok etish uchun g’oliblar tanlab olindi.

Uch g’olib jamoaga Britaniya oliy o’quv yurtlaridan tashrif buyurgan konsultantlar ishtirokida hamda birgalikda ishlash (coworking) markaziga a’zolik orqali, o’z biznes rejalarini yanada mustahkam ishlab chiqishlari uchun imkoniyat berildi. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirining o’rinbosari Uzoqboy Begimqulov ta’kidlaganidek: “Seminar ishi, oliy o’quv yurti negizida amalga oshiriladigan tadqiqotlarning diqqat-e’tiborini ko’proq iqtisodiyot tarmoqlari yuz tutayotgan amaliy muammolarni hal etishga qaratish, shu bilan birga innovatsion kompetentsiyalarni oshirish, professorlar, doktorantura va magistrlik yo’nalishi talabalarining ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun, xizmat qiladi. Umid qilamizki, dastur ilmiy maqolalarni xalqaro darajada e’tirof etilgan ilmiy jurnallarda chop etish uchun zarur bo’lgan ko’nikmalarni hosil qilishga yordam beradi”. 

TRED dasturi bo’yicha murabbiy Jo Chaffer honimning aytishicha: “Men O’zbekistonga qaytib, bu mamlakatning iqtidorli tadqiqotchilari bilan uchinchi marotaba ishlash ikmoniga ega bo’lganimdan juda baxtiyorman. Yangi o’quv kursi tadqiqotlar o’tkazishda muhim bo’lgan tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirish uchun alohida ishlab chiqilgan. Dasturning maqsadi oliy o’quv yurtlari qanday qilib, jamoa bo’lib o’tkaziladigan tadqiqotlarni korxonalar bilan hamkorlikda amalga oshirilishini qo’llab-quvvatlashlari lozimligi yuzasidan, muvaffaqiyatli modellarni o’zlashtirishdan iborat. Umid qilamizki, mazkur dastur ilmiy tadqiqot institutlari va korxonalar o’rtasida yangi sheriklik munosabatlarini yanada rivojlanishiga hissa qo’shadi, shuningdek Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili doirasida tashabbuslar va milliy darajada ustuvor yo’nalishlarga yordam berishda muhim rol o’ynaydi. Men Britaniya Kengashi, Oliy va o’rta-maxsus ta’lim vazirligi va bizning professional murabbiylar jamoasiga o’z minnatdorchiligimni izhor etmoqchimanki, aynan shu kishilar tufayli “Tadqiqot va Iqtisodiy Taraqqiyot” dasturini amalga oshira oldik.”

O’zbekistondagi Britaniya Kengashi direktori muovini Jamilya Gulyamova honim shunday deydi: “Dastur ilm-fan va iqtisodiyot o’rtasidagi zamonaviy hamkorlik modellarini o’rgandi, doktorlik va magistrlik yo’nalishidagi talabalarni faol jalb etgan holda, ilmiy tadqiqot ishlari sanoat tarmoqlari yuz tutayotgan muayyan masalalarga innovatsion yechim va yo’l topa olishini ta’minlaydigan amaliy va dolzarb yondashuvlarni muhokama etdi va ishlab chiqdi”.