Future English in Uzbekistan, image

Britaniya Kengashi va O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi 2019 yilning 15 avgust sanasida "Future English" (Kelajak ingliz tilisi) loyihasini O'zbekistonda olib borish to'g'risida kelishuv imzolagan edilar.

Bugungi kunda ishga joylashish yoki oliy o'quv yurtlariga kirish istagida bo’lgan maktab bitiruvchilarining ingliz tilini bilish darajasi unchalik qoniqarli emasligi ko’p bora ta’kidlab o‘tilgan. Dasturning asosiy maqsadi ushbu muammolarni hal qilishdir.

Loyihaning birinchi yili muammolarning yechimlarini aniqlash va ishonchli aniq ma'lumotlarni to’plash maqsadida tadqiqot o'tkazishga qaratilgan. Tadqiqotning ikkita yo'nalishi mavjud:

  • Tadqiqotning birinchi yo’nalishi bu English Impact – maktab o'quvchilarining ingliz tili bilish qobiliyatining ko'p tomonlama profilini yaratishga qaratilgan bo'lib, bu ta'lim tizimini rivojlantirishga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan qarorlarini aniqlashga yordam beradi, ya’ni, o'quv rejasi, o’qitish jarayoni va baholash.
  • Tadqiqotning ikkinchi yo’nalishi bu – O’qituvchi ehtiyojlari tahlili bo’lib, u samarali uzluksiz malaka oshirish tizimini takomillashtirish va rivojlantirishga qaratilgan siyosatni shakllantirishni maqsad qilgan. Uzluksiz malaka oshirishning (CPD) samarali tizimi o’qituvchilarning kasbiy malakalarini oshirishni va ularni amaliyotda qo’llashini ilgari suradi. Bu esa o’z navbatida o’quv natijalarining yaxshilanishiga, o’quvchilarning oliy ma’lumot olish uchun zarur ko’nikmalarga ega bo’lishiga, xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo’lishiga hamda mehnat bozorida munosib o’rinlarini topish kabi natijalarga olib keladi.

Tadqiqotning birinchi yo’nalishidagi vazifalar Covid-19 pandemiyasi sababli keyinroq muddatga, ya’ni yurtimizda Covid-19 pandemiyasi bilan bo’gliq vaziyat barqarorlashgunga qadar va tanlab olingan maktablarda havfsiz tarzda test o’tkazish imkoniyati bo’lgunga qadar to’htatildi.

Tadqiqotning ikkinchi yo’nalishining maqsadi O’zbekistonda ingliz tili o’qitish holati haqida yaxshiroq tushunchaga ega bo’lish hamda maktab bitiruvchilarining ingliz tili bilish darajasi qoniqarli emas deb topilganining sabablarini aniqlash edi. Tadqiqotning ushbu yo’nalishi ikki fazadan iborat.

1-Faza. O’zbekistonda ingliz tili o’qitish

“Future English” (Kelajak ingliz tilisi) loyihasi doirasida O’zbekistondagi ingliz tili o’qitish darajasi va holatini aniqlash bo’yicha tadqiqot Lester universiteti tomonidan olib borildi. 2019 yilning oxirida 3-4 oy davomida Lester universiteti Britaniya Kengashi va O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda turli mavzularni qamrab olgan bir qator ma'lumotlarni to'pladi. Ma’lumotlar talabalarning ingliz tilini o'rganishga bo'lgan motivatsiyasi, ularning intilishlari va til o'rganishdagi tanlagan uslublari, shuningdek ingliz tili o'qituvchilarining sinfdagi amaliyoti va o’quvchilarning ular haqidagi tasavvurlari kabi mavzularni o’z ichiga oldi. Birinchi bosqichda O’zbekistondagi ingliz tili o'qituvchilarining katta qismidan batafsil onlayn so'rovnomani to'ldirish so'raldi. Keyingi bosqichda joylarga ikki haftalik tashriflar qilindi. Tashriflar davomida darslar kuzatuvi, tanlab olingan guruhlar va manfaatdor tomonlar bilan intervyular o’tkazish, tadqiqotga alqador hujjatlar, dars rejalari va fan dasturlarini to’plash kabi bir qator vazifalar bajarildi. Yuqorida aytib o’tilgan ikki bosqichli taqdiqot natijasida Lester universiteti tomonidan batafsil hisobot tayorlandi. Ushbu hisobot o’z ichiga to’plangan barcha ma’lumotlarni, ularning batafsil tahlilini hamda ma’lumotlar asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarni olgan. Hisobot O‘zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etilgan.

Hisobot bilan quyida biriktirilgan fayl orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

2-Faza. Ingliz tili oqitish dasturini takomillashtiish: Tadqiqot natijalari va tavsiyalar

Lester universiteti tomonidan olib borilgan taqdiqot natijalari va muhim tavsilarini hisobga olgan holda hamda O’zbekiston respublikasi Xalq ta’limi vazirligining ta’lim tizimidagi islohotlari va tashabbuslarini qo’llab quvvatlash maqsadida Britaniya Kengashi 2021 yilning yanvar oyida xalq ta’limi tizimida ingliz tili o’qitish dasturini takomillashtirishni maqsad qilgan qisqa muddatli loyihasini ishga tushirdi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Britaniyaning bir qator nufuzli universitetlari ichidan tanlov natijalari asosida Cambridge Partnership for Education (University of Cambridge) Kembridj universiteti quyidagi vazfalarni amalga oshirish uchun tanlab olindi:

  • So’nggi 4 yil ichida ingliz tili o’qitish dasturlarini takomillashtirish sohasida bajarilgan ishlarni ko’rib chiqib chuqur tahli qilish, ilmiy asoslash hamda asosiy manfaatdor tomonlar bilan birgalikda birlamchi tahlil natijalarini muhokama qilish
  • Xalq ta’limi tizimida ingliz tili o’qitish dasturini tubdan isloh qilish va takomillashtirishni amalga oshirishda faol ishtirok etuvchi ishchi guruhini tashkil etish
  • Xalq ta’limi tizimida asosiy prinsiplar, jarayonlari tahlili va fazalari tushunarli tazrda belgilab berilgan ingliz tili o’qitish dasturi yaratishning strategiyasini ishlab chiqish.

2021 yilning 28 aprel sanasida loyiha natijalari Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etildi va muhim tavsiyalar muhokama qilindi.

English Impact, An evaluation of English language capability, Uzbekistan hisoboti shu yerdan yuklab olinishi mumkin.