Creative Spark Big Idea Challenge 2022, image

Sizga yoqqan g'oyaga ovoz berish vaqti keldi! 

Big Idea Challenge- Creative Spark dasturi ishtirokchi mamlakatlardagi yoshlarni innovatsion start-up yaratishga hamda bu haqida dunyoga baralla ovoza qilishga undaydi. Ishtirok etuvchi OTM talaba, bitiruvchi va yosh tadbirkorlari tanlovda ishtirok uchun ariza topshirdilar va endi g`oyani amalga oshirish uchun eng yaxshi g'oyalarni tanlash vaqti keldi. Bu yilgi tanlov uchta toifada o'tkazildi:

Ijtimoiy sohaga yo`naltirilgan kategoriya 

Ijtimoiy inklyuziyani hamda gender tengligini, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga oid masalalarni yechishga qaratilgan g`oyalar hisoblanadi. Bu har qanday yordamga muhtojga ko`maklashishga qaratilgan bo`lishi kerak.

Kreativlikga yo`naltirilgan 

Yangi mahsulotlarni ishlab chiqish, madaniy muhitni jonlantirishga qaratilgan ko`rgazmalar yoki muammolar yechimiga qaratilgan g`oyalar bo`lishi kerak. 

Shuningdek ijodkor shaxslarning o`z  auditoriyasiga ega bo`lishga va yana ham katta yutuqlarga erishishga qaratilgan bo`lishi kerak. 

Raqamli texnologiya 

Innovatsion texnologiyalardan foydalanishga asoslangan g'oyalar, shu jumladan yangi ilovalar yoki qurilmalarni ishlab chiqish va qo'llashga yo`naltirilgan

Har bir ishtirokchi mamlakatda eng ko'p omma ovozini oladigan jamoa g'alaba qozonadi. G'oliblar ichidan xalqaro tomoshabinlar g'olibi sifatida sovrinni qo'lga kiritadigan jamoa tanlanadi.