O'zbekistondagi Britaniya Kengashi, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta ta'lim vazirligi va Londonning ChangeSchool bilan hamkorlikda O'zbekiston Universitetlari uchun Tadbirkorlik Mukofotlari O'zbekistondagi barcha Creative Spark hamkorliklari uchun e'lon qiladi. O'zbekiston Universitetlari uchun Tadbirkorlik Mukofotlari OTMlarni o'qitish, tadbirkorlik bo'yicha treninglar, talabalar markazlari faoliyati, ekotizim va jamiyatni rivojlantirish va universitet olib borayotgan ishlariga munosib baho berish imkoniyatini yaratadi.
Nima uchun ushbu mukofotlar ham dolzarb, ham muhimdir
Ta'lim, bilimlarni egallash va ish uchun zarur ko'nikmalarga bo`lgan o'zgarishlar endi juda tez sur'atlarda rivojlanmoqda. Talabalarga shunchaki o'rganish kerak emas; ular yangiliklardan xabardor bo'lishni o'rganishlari kerak. Bu nafaqat bilim, balki ko'nikmalar hamdir. Muammolarni kompleks hal qilish, kognitiv moslashuvchanlik, mulohaza va qarorlarni qabul qilish, ijodkorlik va tanqidiy fikrlash - xulosa qilib aytganda, korxona tafakkurining xatti-harakatlari hozirgi kun talabiir.
O'zbekiston oliy ta'limini rivojlantirishning 2030 yilgacha bo`lgan kontseptsiyasi ta'limning o'zgaruvchan global va mahalliy bozor ehtiyojlariga javob berishini talab qiladi. OTMlar ish bilan ta'minlash ehtiyojlarini qondiradi, innovatsiyalarni joriy qiladi, eng yaxshi xalqaro amaliyotni joriy qiladi va hamkorlar bilan birgalikda nou-xau yaratadi.
Tadbirkor universitet talabalarni kelajakka tayyorlashi mumkin.
Mukofot kategoriyalari
Sakkizta mukofot uchun a`rizalar qabul qilinadi:
- Engagement
- Start-up of the Year
- Green University
- Impact
- Industry Relationship
- Entrepreneurial Ecosystem
- Popular Vote
- Enterprise in the Curriculum
Va nihoyat, Yilning eng tadbirkor universiteti bo`yicha yuqoridagi kategoriyalar ichidan eng yaxshi uchlik.
Kim eshtirok etish mumkin
Creative Spark hamkorliklari va keltirilgan ularning mintaqaviy filiallari ushbu mukofot uchun a`rizalarini topshirishlari mumkin. Hamkorlik haqida ko'proq ma'lumot olish uchun, iltimos, veb-sahifamizga tashrif buyuring:
- Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn Instituti
- “Ipak Yo’li” Turizm Xalqaro universiteti
- Innovatsion ishlanmalarni oriy etsish ilmiy amaliy markazi
- Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
- Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
- O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
- Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti
G'oliblar nima oladi
G`olib jamoalar uchun mukofot sifatida institute qilgan ishlarini tan olish, sertifikatlar va ommaviy axborot vositalarida ularning ishlarini keng yoritish kiradi. Shuningdek, Institutlar va OTM xodimlari o'qitish va bitiruvchilar natijalariga oid dalillarni to'plash, xalqaro aloqalarni rivojlantirish, doimiy malaka oshirish va ommaviy axborot vositalari orqali o`z OTMlari haqida keng jamoatchilikka faoliyatlalari haqida ma`lumot berish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Mukofot egalari Britaniya Kengashidan kreativ va tadbirkorlik ta'limiga oid kitoblar to`plamlarini qo`lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Asosiy sanalar
- 2021 yil 20 aprel - ariza berish jarayoni e`lon qilinishi
- 2021 yil 1-iyun - rasmiy ariza havolasi taqdim etiladi
- 2021 yil 13-iyun (23.59 Buyuk Britaniya vaqti bilan) - arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati
- 2021 yil iyun oxirida – Universitetlar uchun tadbirkorlik g`oliblarini mukofotlash marosimi
Ushbu mukofot dasturi hamda ariza formasini yuklab olish bo`limidan olishingiz mumkin.