#Britaniya Kengashi bilan uyda qoling dasturi doirasida, bir qancha Creative Spark podkastlarini taqdim etadi, ular sizga muvaffaqiyatli kreativ tadbirkor bo`lish hamda kreativ tadbirkorlikning moliyaviy boshqaruviga oid imkoniyat va jarayonlarni  o`rganishingizga yordam beradi.
 

Haqida 

Ushbu podcast seriyasi Lester universiteti (University of Leicester) tomonidan Ozarbayjon, Qozog’iston va O’zbekistondagi institutlar bilan hamkorlikning ta’lim yo’nalishidagi maxsulotlaridan birdir. Creative Spark- Britaniya Kengashi tashabbusi bo’lib, Buyuk Britaniya universitetlari Markaziy Osiyo, Janubiy Kavkaz va Ukrainadagi oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik qilish, tadbirkorlik va tadbirkorlik ko’nikmalarini kreativ tadbirkorlik sohasida rivojlantirishga qaratilgandir. Markaziy Osiyo mintaqasidagi hunarmandchilik va kreativ iqtisodiyot aholi bandligini ta`minlashning asosi bo`lib, bir vaqtning o`zida nomoddiy madaniy merosning ajralmas qismi bo`lgan holda madaniyat, millat o`zligi, vatani va hamjamiyat tuyg'usini rivojlantiradi (YUNESKO).

Maqsadlar

Podkast seriasi asosan "Creative Spark" dasturi ishtirokchilari uchun mo'ljallangan, ammo podkastlar kreativ sohaga qiziqqan yoki biznes sohasiga oid ingliz tilini (har bir pdkast ingliz va rus tillarida) o'rganmoqchi bo'lganlar uchun ham foydalidir. Ushbu podkast seriyasida biz kreativ tadbirkor bo'lish nimani anglatishi va kreativ korxonani boshqarish uchun zarur bo'lgan vositalarni ko'rib chiqamiz. Marketing, innovatsiya, ijtimoiy tarmoq marketingi, buxgalteriya hisobi va moliya, mablag' to'plash, etkazib beruvchilar va mijozlar bilan munosabatlar hamda barqaror biznes va maqbul dizayn kabi dolzarb mavzular orqali muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo'lgan biznes vositalarni yoritib boramiz. Shu bilan birga, podkastda intervyu uchun Buyuk Britaniyaning kreativ korxonalari va Markaziy Osiyodagi muvaffaqiyatli ijodkorlar taklif etilgan. Har bir sizning til ko`nikmalaringizni oshirish uchun rus va ingliz tillarida ishlab chiqilgan. 

Podkast seriyasi Lester Universiteti jamoasi hamda KI agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Hamkorlar

Podkast seriyasi Lester Universiteti jamoasi hamda KI agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Dr Marta Gasparin Lester Universiteti Biznes maktabida Innovatsiya va dizayn menejmenti bo`limi dotsenti hisoblanadi. Uning tadqiqoti dizayn va innovatsiya yaratilishi, qiymatni baholash, turli innovatsion jarayonlar ishtirokchilari (obyekt, menejer va dizayner) vazifalari nimadan iboratligini fan va texnologiya g`oyalariga asoslanib o`rganishdan iborat. U O`zbekiston, Qozog`iston va Vetnamdagi bir qancha ilmiy tadqiqot loyihalariga boshchilik qiladi. 

Kamola Ikramova KI Agency rahbari hisoblanadi. Agentlik O`zbekiston joylashgan bo’lib, faoliyat doirasiga PR va aloqalar kiradi. Kamola Ikramova ichki va korporativ aloqalar, korporativ ijtimoiy javobgarlik sohalarida katta tajribaga ega. Hozirda u podkast yo’nalishida ham faoliyat yuritmoqda.

Doktor Stiv Konvey Lester Universiteti Biznes maktabida innovatsiya va dizayn menejmenti dotsenti hisoblanadi.  U tabiat, ijtimoiy va tashkiliy tarmoqlarda innovatsiya, tadbirkorlikga oid bilim va tajribalarga qiziqadi. U O`zbekistonda Creative Spark dasturi doirasida katta tajribaga ega. 

Doktor Toni Deniels Lester Universitetida ingliz tilini o`qitish bo`limida xalqaro kasbiy ta`limni rivojlantirish bo`limi rahbari hisoblanadi. U xalqaro oliy ta`lim muassasalari va agentliklari hamda davlat vazirlik idoralari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun mas’uldir.

Doktor Djeff Laytfut Lester Universiteti Biznes yo`nalishining tadbirkorlik va buxgalteriya hisobi kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat yuritadi. Uning hozirgi kunda olib borayotgan tadqiqoti keng qamrovlidir. 

Doktor Matrin Kuinn Lester Universiteti Biznes maktabida mintaqaviy rivojlanish va davlat siyosati sohasida dotsent vazifasida faoliyat yuritadi. Uning tadqiqoti mahalliy va mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish o`rtasidagi  bog'liqlik, hudidlardagi liderlik va iqtisodiyotda innovatsiyalarni rag'batlantirishga oid masalalarni o'rganishga qaratilgan. U Markaziy Osiyodagi bir qancha loyihalarda ishtirok etadi.

Podcastlar

Mavzu Kanallar
  • Kirish
  • Kreativ tadbirkor kim?
  • Bozor imkoniyatlaringizni topish
  • Kreativ tashkilotni boshqarish
  • Mahsulotlaringizga innovatsion qilish
  • O`z taklifingizni yaratish
  • Mijozlarni boshqarish

Anchor

Apple Podcasts

Breaker

Castbox

Google Podcasts

Overcast

Pocket Casts

RadioPublic

Spotify

Yandex podcast