Change Academy - Dastur sektorni katta ilmiy, moliyaviy va tashkiliy avtonomiyalarga o'tishda qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bo’lib, milliy darajadagi oliy ta'lim renesansi desak mubolag’a bo’lmaydi. Ushbu dastur ta`limo lish va ta`lim berish sifatini oshirish, bitiruvchilarning ta'lim natijalari va salohiyatini oshirishga qaratilgan. Dastur turli lavozimdagi professor-o'qituvchilar va universitet ma'muriy xodimlaridan iborat bo'lgan 8 kishilik mutaxassislar guruhlari uchun mo'ljallangan. Change Academy dasturi intensiv seminarlar va o'zgarish loyihalarini birlashtiradigan trening, veb-seminarlar va boshqa online tadbirlar hamda erishilgan natijalarni taqdimotini qilish, professional tarmoqlar va virtual ta'lim muhitida ishlash imkoniyatini beradi. Buyuk Britaniyaning oliy ta'limni qo'llab-quvvatlash agentligi, mutaxassislari hamda Buyuk Britaniya oliy ta`lim institutlari mutaxassislari, hamda O'zbekistondagi boshqa sektorlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo`lasiz.
Change Academy asosini umumiy maqsad va vazifalar bilan birlashtirilgan, lekin o'z vakolatlari doirasida, o'z jamoalari bilan avtonom holda ishlaydiga, tizimli, barqaror va ishonchli o'zgarishlarni amalga oshirish printsiplaridan iborat bo`lgan jamoa vakillari tashkil etadi.
Institutsional o'zgarish markazdan tashqariga va har tarafga amalga oshiriladi. Bular yaxlit va samimiy bo'lishi kerak. O'zgarish strategiyaning asosiy printsipi bo'lishi kerak; ular samarali bo'lishi, ya'ni yaratilgan tizimlar, tuzilmalar va jarayonlar odamlarning xulq-atvori, munosabati va ish uslubidagi yangi qarashlar va o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlashi va kuchaytirishi kerak.