A young woman in a grey sweater attentively taking notes during a university lecture in a large auditorium filled with students.

 Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalari boshqaruvi OTMlar uchun Oʻzgarish akademiyasi tarmogʻi (GCAN)

GCAN bu Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlimi tizimi uchun moʻljallangan amaliyotlar hamjamiyati boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan Britaniya Kengashi dasturi hisoblanadi.

Dasturning maqsadi:

  • Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarini boshqarishda ilgʻor amaliyotlarni joriy etishni qoʻllab-quvvatlashdir.
  • Dasturda asosiy eʼtibor oliy taʼlim tizimi uchun boshqaruv kodeksini joriy etishga tayyorgarlik koʻrish va yaratilayotgan boshqaruv kodeksi tamoyillariga aloqador ilgʻor amaliyotlar bilan oʻrtoqlashishga qaratiladi.

Dasturdan kutilgan yakuniy maqsad loyiha doirasida yaratilishi va amaliyotga tatbiq etilishi nazarda tutilgan Oliy taʼlim boshqaruv kodeksi orqali Vazirlikning Oʻzbekiston oliy taʼlimini xalqarolashtirishga doir maqsad va vazifalarini roʻyobga chiqarishga hissa qoʻshish hisoblanadi.

2025-yilning oktyabr oyidan 2026-yilning aprel oyiga qadar GCAN Buyuk Britaniyaning Advance-HE tashkiloti tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.

1. GCAN tamoyillari va majburiyatlar

Tizimli va barqaror oʻzgarish yakdil maqsadlar va vazifalarga ega boʻlgan taʼlim muhitida bir-biri bilan doimiy muloqotda boʻlgan shaxslardan tarkib topgan tarmoq orqali amalga oshadi. Tarmoqdagi har bir aʼzo oʻz jamoasi va oʻz muassasasidagi boshqaruv organlari bilan, oʻz kontekstida nisbatan mustaqil ravishda faoliyat yuritadi.

Oʻzgarishlar strategik, madaniy va amaliy boʻlishi shart, yaʼni yangi holatning tatbiq etilishini taʼminlovchi va qoʻllab-quvvatlovchi tizimlar, tuzilmalar va jarayonlarni rivojlantirishi, shuningdek, shaxslarning xulq-atvori, munosabati va amaliyotini oʻzgartirishga qaratilgan boʻlishi lozim.

GCAN ishtirokchilari oʻz oʻrganishlari va rivojlanishiga oʻzlari masʼul boʻlib, ulardan oʻz bilimlari oʻrtoqlashish hamda oʻzaro bir-birlari bilan tajriba almashinish orqali oʻrganishda faol boʻlish kutib qolinadi.

2. GCAN maqsadlari

G-Can maqsadi Oʻzbekistondagi bir guruh oliy taʼlim muassasalariga ularga berilgan akademik va moliyaviy mustaqillikni mos yetakchilik, boshqaruv va menejment salohiyatlari hamda oʻziga boʻlgan mustahkam ishonch bilan amalga oshirish imkonini berish hisoblanadi.

Ushbu maqsadga yoʻnaltirilgan tashabbus trening yoki malaka oshirish emas, balki tajriba orqali oʻrganish va rivojlanish imkoniyatidir. Ushbu tashabbus yordamida quyidagilarning amalga oshirilishi nazarda tutiladi:

  • OTMlarni boshqarish amaliyotlariga ijobiy oʻzgarishlarni olib keluvchi mexanizmni taʼminlash va ushbu mexanizm orqali OTMlar uchun ishlab chiqilishi nazarda tutilgan Boshqaruv Kodeksini sinovdan oʻtkazish.
  • OTMlarni boshqarishga doir boshqa milliy amaliyotlarning Oʻzbekiston kontekstiga qanchalik mos kelishini oʻrganish.
  • OTMlar boshqaruvi boʻyicha kelgusidagi amaliyotlar hamjamiyatida oʻzaro bir-biridan oʻrganish hamda rivojlanish madaniyatini ragʻbatlantirish.

Ishtirokchilar quyidagilarga rozilik bildiradilar:

  • GCANda muhokama qilingan o‘rganish va rivojlanish natijalarini o‘z muassasalarida baham ko‘rish hamda o‘z tajribalarini guruhga yetkazish.
  • Quyidagi tadbirlarda qatnashish:
  1. 11-dekabr kuni soat 14.30 dan 15.30 gacha bo‘lib o‘tadigan onlayn seminar.
  2. 23-yanvar kuni soat 14.30 dan 15.30 gacha bo‘lib o‘tadigan onlayn seminar.
  3. 25, 26 yoki 27-fevral kunlaridan birida Toshkentda o‘tkaziladigan yuzma-yuz seminar (aniq sana va vaqt keyinroq tasdiqlanadi).

3. GCAN tuzilishi

GCAN OTMlardagi boshqaruv lavozimida faoliyat yurituvchi va Boshqaruv Kengashlarida aʼzo boʻlgan mustaqil (tashqaridan saylanuvchi) aʼzolar bilan faoliyat yurituvchi xodimlar uchun moʻljallangan. Ushbu xodimlar oʻz ichiga:

  • Rektor
  • Prorektor
  • Kafedra mudiri
  • Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi
  • Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens boʻlimi boshligʻi
  • Dekan kabilarni oladi

Har bir OTMdan koʻpi bilan 3 nafar xodim ishtirok etishi mumkin.

GCAN tarmogʻi aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro muloqot va aloqa ikkita mexanizm orqali amalga oshirilishi mumkin:

  • Qisqa xabarlar, maʼlumot va tashkiliy masalalar uchun Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan Telegram guruhi.
  • Advance HE tomonidan tashkil etilgan hamda kattaroq hajmdagi xabarlar va manbalar bilan oʻrtoqlashish uchun moʻljallangan “Connect“ nomli onlayn hamjamiyat.

Keyingi 6 oy davomida guruhga quyidagi qoʻllab-quvvatlov taqdim etiladi:

  • Fasilitatorlar tomonidan tashkil etilishi nazarda tutilgan ikkita onlayn sessiya. Guruh aʼzolari muhokamaga olib chiqilishi kerak boʻlgan masalalarni kelishib oladi va zarur hollarda ulardan ushbu muhokamalarga tayyorgarlik koʻrishi hamda ishtirok etishi soʻraladi.
  • 2026-yil mart oyida immersiv rivojlantiruvchi oflayn sessiya. Guruhning ish faoliyatida, onlayn muhokamalar va sessiyalarda faol ishtirok etgan aʼzolargina oflayn sessiyaga taklif etiladi.

4. G-CAN ishtirokchisi boʻlishning afzalliklari

OTMlarda boshqaruv mexanizmlarining rivojlanishi bilan bogʻliq oʻzgarishlar amalga oshirilar ekan G-CAN oʻz navbatida ishtirokchilarga ushbu oʻzgarishlarni va oʻz mustaqilligini oʻziga boʻlgan yanada mustahkam ishonch va tegishli salohiyat (yetakchilik, boshqaruv va menejment) ga ega boʻlgan holda amalga oshirish imkonini beradi.

Ishtirokchilar oʻzaro hamjihatlikda oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlgan holda oʻz OTMlarida kelgusida amalga oshiriladigan oʻzgarishlarni yanada samaraliroq amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qoʻllab-quvvatlov va ilgʻor amaliyot namunalarini yaratishadi. Shuningdek, ishtirokchilar kelgusida yaratiladigan va amaliyotga tatbiq etiladigan boshqaruv kodeksidan foydalanish boʻyicha ijobiy tajriba va amaliyotlarni oʻrganishda davom etishadi.

5. G-CAN ishtirokchisi boʻlish mezonlari

  1. Sizning OTMingizda Boshqaruv Kengashi (Organi) mavjud boʻlishi va ushbu Kengashning qarorlar qabul qilish boʻyicha ayrim vakolatlari boʻlishi lozim – https://tsuos.uz/kengashlar.
  2. Kengash (boshqaruv organi) tarkibida mustaqil aʼzolar koʻpchilikni tashkil qilishi lozim. Yaʼni OTMingiz Boshqaruv Kengashi asosan sizning OTMingizda mehnat faoliyatini olib bormaydigan aʼzolardan tarkib topgan boʻlishi lozim.
  3. Agar siz rasmiy mustaqil OTM hisoblanmasangiz OTMingiz Boshqaruv Kengashining vakolat va vazifalarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishingiz lozim.

Application form

Sizni qiziqtiruvchi savollar boʻlsa yoki qoʻshimcha maʼlumot olishni istasangiz Indira Ixlasovaga quyidagi elektron pochta manzili orqali murojaat etishingiz mumkin: Indira.Ikhlasova@britishcouncil.org.

Oʻzbekiston OTMlarida boshqaruvni rivojlantirish 2025/26

Britaniya Kengashining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan dasturi tarkibiy qismi sifatida Britaniya Kengashining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi Oʻzbekistondagi oliy taʼlim muassasalarida boshqaruvni takomillashtirish boʻyicha quyidagi pilot (tajriba-sinov) loyihalarida ishtirok etish istagini bildirgan OTMlardan arizalarni qabul qilmoqda:

  • 1-loyiha: OTM Boshqaruv Kengashi (organi) aʼzolari uchun o‘qituv (moslashuv) dasturini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish
  • 2-loyiha: Sinovdan oʻtkazilishi nazarda tutilgan o‘qituv (moslashuv) dasturi orqali OTMlarda yangi lavozim – Boshqaruv Kengashi kotibi lavozimini ishlab chiqishni qoʻllab.

Har ikkala loyiha OTMlarda salohiyatni oshirishga qaratilgan boʻladi va Oliy taʼlim boshqaruvi kodeksi tamoyillari asosida ish olib borishga asoslanadi. Loyihaning amalga oshirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining mamlakatdagi oliy taʼlimni xalqarolashtirish borasidagi saʼy-harakatlarini amalga oshirishga tizimli va barqaror ravishda hissa qoʻshadi.

Har ikkala tajriba-sinov loyihalari 2025-yil noyabr oyidan 2026-yil mart oyigacha davom etadi va Advance-HE tomonidan.

Loyiha kelgusida ishlab chiqilishi nazarda tutilgan OTMlar Boshqaruv Kodeksini amaliyotga tatbiq etish uchun zarur boʻlgan salohiyat, imkoniyatlarni hamda OTMlarning oʻziga boʻlgan ishonchini rivojlantirishga qaratiladi hamda meʼyoriy-xuquqiy baza asosida yanada avtonom oliy taʼlim sektorini yaratadi.

1. Dastur tamoyillari

Tizimli va barqaror oʻzgarish yakdil maqsadlar va vazifalarga ega boʻlgan taʼlim muhitida bir-biri bilan doimiy muloqotda boʻlgan shaxslardan tarkib topgan tarmoq orqali amalga oshadi. Tarmoqdagi har bir aʼzo oʻz jamoasi va oʻz muassasasidagi boshqaruv organlari bilan, oʻz kontekstida nisbatan mustaqil ravishda faoliyat yuritadi.

Oʻzgarishlar strategik, madaniy va amaliy boʻlishi shart, yaʼni yangi holatning tatbiq etilishini taʼminlovchi va qoʻllab-quvvatlovchi tizimlar, tuzilmalar va jarayonlarni rivojlantirishi, shuningdek, shaxslarning xulq-atvori, munosabati va amaliyotini oʻzgartirishga qaratilgan boʻlishi lozim.

Tajriba-sinov (pilot) guruhi ishtirokchilari loyihada faol ishtirok etgan holda loyiha elementlarini oʻz OTMlarida sinovdan oʻtkazishda jonbozlik koʻrsatishlari lozim boʻladi. Bu oʻz ichiga loyiha doirasida ishlab chiqilgan tushunchalar va konsepsiyalarni ommalashtirish va hamkasblar bilan oʻzaro faoliyat olib borish orqali ular bilan muloqot qilish va muhokamalarda ishtirok etishni oʻz ichiga olishi mumkin.

Ishtirokchilardan shuningdek dastur soʻngida loyiha xususida qayta aloqa (fikr-mulohazalarini bildirish) soʻraladi va bu orqali toʻplangan dalillar Vazirlikka dastur boʻyicha keyingi qadamlarni belgilash uchun taqdim etiladi.

2.1 – 1-Loyiha: Maqsadlar va ishtirok etish mezonlari. Boshqaruv Organi aʼzolarini rivojlantirish boʻyicha tajriba-sinov dasturi

Mazkur dasturning maqsadi OTMlar Boshqaruv organiga saylangan mustaqil aʼzolarni OTMni boshqarishda yanada mustaqil faoliyat yuritish salohiyatini oshirishdan iborat. Tajriba-sinov dasturi OTM rektori va Boshqaruv organi mustaqil aʼzolari oʻrtasidagi munosabatni inobatga olishi kerak boʻladi. Shu bois biz ushbu loyihada ishtirok etish uchun bitta OTMdan ikki nafar ishtirokchini taklif etamiz – OTM Boshqaruv organining 1 nafar mustaqil aʼzosi, sanoat sohasidan kelib chiqqan va OTM rektori.

Biz ushbu loyihada 12–15 ta OTMlarning ishtirok etishini koʻzlamoqdamiz. Bu OTMlar oʻz ichiga boshqaruv kodeksini ishlab chiqishda ishtirok etgan Rektorlardan tarkib topgan ishchi guruh universitetlari yoki OTMlar boshqaruvi oʻzgarish akademiyasi (Governance Change Academy Network – GCAN) ga aʼzo universitetlar boʻlishi mumkin.

2.2 – 2-Loyiha OTMlarda yangi lavozim – Boshqaruv Kengashi kotibi lavozimini tashkil etish loyihasi maqsadlari va loyihada ishtirok etish mezonlari

Mazkur dastur OTMlarni boshqarish boʻyicha ilgʻor xalqaro amaliyotga asoslangan boʻlib, OTMlardagi Boshqaruv organlarining strategik faoliyati va qarorlar qabul qilishini qoʻllab-quvvatlashga masʼul boʻlgan va shu orqali Boshqaruv organlarining yanada avtonom tarzda faoliyat yuritishini ragʻbatlantiruvchi yangi lavozimni yoʻlga qoʻyishni maqsad qiladi.

Tajriba-sinov dasturi doirasida bunday rol uchun nomzodlarni aniqlashga e’tibor qarating va ishtirokchilar hozirda universitetda yuqori lavozimda ishlab, boshqaruv organi bilan aloqada bo‘lishlari kerak. Ular OTMni boshqarishning madaniy va meʼyoriy talablarini yuqori lavozim talablariga binoan bilishi va tushunishi talab etiladi.

Ushbu dasturda ishtirok etishga bitta OTMdan bitta ishtirokchini taklif etamiz. Ishtirokchi xodim OTMda boshqaruv lavozimini egallab turgan hamda OTM Boshqaruv Kengashi bilan bevosita ish olib boruvchi xodim boʻlishi lozim. Ushbu loyihada boshqaruv kodeksini ishlab chiqishda ishtirok etgan Rektorlardan tarkib topgan ishchi guruh universitetlari yoki OTMlar boshqaruvi oʻzgarish akademiyasi (Governance Change Academy Network – GCAN) ga aʼzo universitetlar ishtirok etishi mumkin.

3. Tajriba-sinov dasturlari doirasidagi tadbirlar

Har ikkala dastur uchun dekabr va yanvar oylarida onlayn sessiya tashkil qilinadi. Sessiya davomida tajriba-sinov dasturlarining tarkibiy qismlari muhokama qilinadi. Barcha ishtirokchilari ushbu sessiyalarda puxta tayyorgarlik koʻrgan holda ishtirok etishi va sessiya davomida belgilab olingan vazifalarni bajarishlari kerak boʻladi.

Har ikkala dastur uchun, shuningdek, fevral oyida oflayn sessiya ham tashkil etiladi va bu uchrashuvda barcha ishtirokchilarning qatnashishi talab etiladi. Barcha sanalar ma’lumot uchun quyida keltirilgan.

4. Loyiha ishtirokchisi boʻlishning afzalliklari

Ushbu tajriba-sinov loyihalarida ishtirok etish orqali ishtirokchilar oʻzlarini kelgusida amaliyotga tatbiq etilishi kutilayotgan Boshqaruv kodeksiga tayyorlash hamda Vazirlikka ushbu kodeksni tatbiq etishga doir tavsiyalarini berish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Ishtirokchilar oʻzaro hamjihatlikda oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlgan holda oʻz OTMlarida kelgusida amalga oshiriladigan oʻzgarishlarni yanada samaraliroq amalga oshirish uchun zarur boʻlgan qoʻllab-quvvatlov va ilgʻor amaliyot namunalarini yaratishadi.

5. Loyihada ishtirok etish mezonlari

  1. Sizning OTMingizda Boshqaruv Kengashi (Organi) mavjud boʻlishi va ushbu Kengashning qarorlar qabul qilish boʻyicha ayrim vakolatlari boʻlishi lozim – https://tsuos.uz/kengashlar.
  2. Kengash (boshqaruv organi) tarkibida mustaqil aʼzolar koʻpchilikni tashkil qilishi lozim. Yaʼni OTMingiz Boshqaruv Kengashi asosan sizning OTMingizda mehnat faoliyatini olib bormaydigan aʼzolardan tarkib topgan boʻlishi lozim.
  3. Agar siz rasmiy mustaqil OTM hisoblanmasangiz OTMingiz Boshqaruv Kengashining vakolat va vazifalarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishingiz lozim.

6. Har ikkala loyihada yoki ularning bittasida ishtirok etish uchun sizdan:

  1. OTMingiz yuqoridagi mezonlarga javob berishini tasdiqlash.
  2. Loyihada ishtirok etuvchi nomzodlar haqida batafsil maʼlumot (F.I.Sh.) taqdim etish. Agar nomzod sifatida Boshqaruv organi aʼzosi tavsiya etilayotgan boʻlsa, ushbu nomzodning OTM Boshqaruv organida necha yildan buyon aʼzo ekanligi koʻrsatilishi hamda OTMdan tashqarida qanday faoliyat bilan shugʻullanishi haqida maʼlumot berilishi lozim.
  3. Barcha ishtirokchilarning mazkur hujjatning 3-bandida keltirilgan tadbirlarda faol ishtirok etishini tasdiqlash soʻraladi.
  4. Har ikkala dastur ishtirokchilari ingliz tilini bilishi maqbul, ammo bu zaruriy emas, balki ixtiyoriy talab hisoblanadi.

Dekabrdagi onlayn mashg‘ulot

  • Sinov guruhi rahbarlari uchun seminar. 16-dekabr, soat 15.00 dan 16.30 gacha
  • Sinov guruhi universitet kotiblari uchun seminar. 18-dekabr, soat 15.00 dan 16.30 gacha

Yanvardagi onlayn mashg‘ulot

  • Sinov guruhi universitet kotiblari uchun seminar. 29-yanvar, soat 15.15 dan 16.45 gacha
  • Sinov guruhi rahbarlari uchun seminar. 30-yanvar, soat 15.15 dan 16.45 gacha

Yakuniy yuzma-yuz seminarlar va sinov dasturi 26 va 27-fevral

Application form

Sizni qiziqtiruvchi savollar boʻlsa yoki qoʻshimcha maʼlumot olishni istasangiz Indira Ixlasovaga quyidagi elektron pochta manzili orqali murojaat etishingiz mumkin: Indira.Ikhlasova@britishcouncil.org.