2022-yilda O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi, Toshkentdagi Vestminster Xalqaro Universiteti (TVXU) va Londondagi Vestminster Universiteti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ko‘magida Inklyuziv Universitet tashabbusi (IUT)  boshlangan. Ushbu loyiha O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida inklyuziv ta’limni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Vazirlik huzurida tashkil etilgan Inklyuziv Universitet milliy ishchi guruhi quyidagilarga e’tiborini qaratadi:

  • Universitet strategiyalariga inklyuzivlikni kiritish
  • Inklyuziv o‘quv dasturini ishlab chiqish
  • Inklyuziv talabalarni qo‘llab-quvvatlash.

2023-2024 yillarda guruh manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda inklyuziv universitetlar manfaatdor tomonlari ro‘yxatini tuzdi hamda O‘zbekistondagi oliy ta’lim sohasidagi asosiy hamkorlar, Buyuk Britaniyadagi transmilliy ta’lim xizmatlari provayderlari va boshqa muhim tashkilotlar bilan “O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida inklyuzivlik: ilg‘or amaliyotlar bo‘yicha qo‘llanma” ni tayyorladi.

Loyihaning keyingi bosqichlarida quyidagilarni qamrab oladi:

 

  • Dastlabki fikr-mulohazalar va manfaatdor tomonlar bilan doimiy muloqot doirasida “O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida inklyuzivlik: ilg‘or amaliyotlar bo‘yicha qo‘llanma” ustida doimiy ravishda ishlash va takomillashtirish
  • “O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida inklyuzivlik: ilg‘or amaliyotlar bo‘yicha qo‘llanma” ga O‘zbekiston va Buyuk Britaniyadan amaliy tadqiqotlarni doimiy kiritib borish
  • O‘zbekistonning tanlab olingan universitetlari bilan inklyuziv universitetlar uchun pilot loyihalarni ishlab chiqish
  • “Manfaatdor tomonlarni xaritalash” bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni amalga oshirish
  • Inklyuziv Universitet milliy ishchi guruhining asosiy vazifasi loyihasi ta’siri va muvaffaqiyatini doimiy kuzatish va salohiyatni oshirib borish