Connections Through Culture Grants 2025, image

2025 yilda biz O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan — Connections Through Culture (CTC) grant dasturini mamnuniyat bilan ishga tushirmoqdamiz. Ushbu tashabbus Buyuk Britaniya va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Yevropa, shuningdek, endilikda Markaziy Osiyodagi ayrim mamlakatlar o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

CTC grantlari san’atkorlar, professional ijodkorlar va madaniy tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, madaniyatlararo almashinuv va barqaror xalqaro aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

2023–2024 yillarda avvalgi grant dasturimiz doirasida biz 8 ta noyob loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun £75,000 mablag‘ ajratdik. Ushbu loyihalarda inklyuziya, madaniy o‘ziga xoslik va iqlim o‘zgarishi kabi mavzular yoritilgan. Ular orasida inklyuziv teatr festivali, musiqa va kino tadbirlari, ijodiy seminarlar bo‘lgan. Grant sovrindorlari haqida batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.

Grant uchun ariza berish

Grantlarning navbatdagi raundiga arizalar qabul qilish boshlandi. Biz yangi hamkorlik loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida har biri 5000£ yoki 10000£ gacha boʻlgan taxminan 90 ta grant ajratishni rejalashtiryapmiz. 

Ariza topshirishdan oldin nomzodlar uchun moʻljallangan barcha maʻlumotlarni oʻqib chiqing va quyida berilgan ariza topshirish qoʻllanmasini yuklab oling.

Ariza topshish

Talabgorlar uchun maʼlumotlar

Asosiy sanalar

  • Arizalar qabul qilish boshlanishi: 2025 yil 28 aprel
  • Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2025y yil 23 iyun (15:00 BST)
  • Maʼlumot sessiyalari:
  1. Seshanba, 6-may, soat 8:00 (BST)
  2. Chorshanba, 7-may, soat 9:00 (BST)
  3. Chorshanba, 14-may, soat 10:00 (BST)
  4. Payshanba, 15-may, soat 9:00 (BST)
  • Talabgorlarga qaror haqida bildirishnoma yuborish: 2025 yil avgust o‘rtalarida
  • Loyihalar boshlanishi: 2025 yil oktyabrdan

Grantlarni nimalarga sarflash mumkin?

Grantlar koʻnikmalar, bilim va amaliyot almashinuvini ragʻbatlantiruvchi hamkorlikdagi faoliyatga olib keladigan yangi ijodiy loyihalarni ishlab chiqishni qoʻllab-quvvatlaydi. Sanʼat rezidentliklar, koʻrgazmalar, spektakllar, namoyishlar, nashrlar, vebinarlar va konferensiyalar va boshqalar kabi turli xil yondashuvlarni qoʻllash mumkin. Loyihalar onlayn, oflayn yoki gibrid shaklda amalga oshirilishi mumkin.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

Har bir arizada quyida keltirilgan davlatlardan kamida bittadan xalqaro hamkor va kamida bitta Buyuk Britaniya hamkori ishtirok etishi shart.

Qaysi mamlakatlar grantga ariza topshirishi mumkin

Avstraliya, Armaniston, Ozarbayjon, Bangladesh, kontinental Xitoy, Indoneziya, Gruziya, Qozogʻiston, Malayziya, Myanma, Nepal, Yangi Zelandiya, Filippin, Shri-Lanka, Tailand, Turkiya, Ukraina, Oʻzbekiston, Vetnam.

Jismoniy shaxs sifatida ariza berish

Biz faqat rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuqorida sanab o‘tilgan davlatlardan birida yoki Buyuk Britaniyada joylashgan tashkilotlardan arizalarni qabul qilamiz.

Muvofiqlik mezonlari

  • Biz barcha san’at yo‘nalishlari va natijalarini o‘z ichiga olgan arizalarni qabul qilsak-da, biroq, CTC-2025 dasturining ustuvor mavzulari – xilma-xillik va inklyuzivlik hamda iqlim o‘zgarishiga javob beruvchi arizalarga yakuniy qaror jarayonida ustuvorlik berilishi mumkin.
  • Yangi va avval ishtirok etgan hamkorlardan ariza olishdan mamnunmiz va ayniqsa, ilgari biz bilan ishlamaganlar ariza topshirishidan xursand bo‘lamiz.
  • Hamkorlik ushbu dastur markazida turadi va hamkorlar birgalikda ijodiy va madaniy loyihalarni yaratish, amalga oshirish yoki kashf etishda faol ishtirok etishlari lozim.

Toʻliq talab va mezonlar bilan tanishish uchun quyidagi ariza topshirish qoʻllanmasini yuklab oling.

Muvofiq sanʼat turlari

  • Arxitektura
  • Dizayn va moda
  • Kreativ texnologiya
  • Kinematografiya
  • Adabiyot
  • Musiqa
  • Teatr va raqs
  • Tasviriy sanʼat.

Shuningdek, quyidagilar boʻyicha arizalarni qabul qilamiz:

  • Kross-art shaklidagi loyihalar 
  • Kreativ iqtisodiyotga oid mavzularga ega loyihalar (siyosat, tadqiqot va targ‘ibot, shuningdek, professional ijodkorlar va siyosatchilar uchun salohiyatni oshirish)
  • Fanlararo art-loyihalar (masalan, san’at va fan, san’at va texnologiya)

Grant miqdorlari

Grant miqdori Buyuk Britaniya va quyidagi davlatlar oʻrtasidagi loyihalar uchun:
5000£ gacha Avstraliya, Yangi Zelandiya
10000£ gacha Armaniston, Ozarbayjon, Bangladesh, Kontinental Xitoy, Gruziya, Indoneziya, Malayziya, Myanma, Nepal, Filippin, Shri-Lanka, Tailand, Turkiya, Qozog‘iston, Ukraina, O‘zbekiston, Vetnam

Qanday ariza berish mumkin

Arizalar onlayn yuborilishi kerak. Arizangizni to‘ldirish uchun bepul hisob yaratishingiz kerak bo‘ladi.

Ariza ishtirokchi mamlakatlar yoki Buyuk Britaniyadagi hamkorlardan biri tomonidan topshirilishi kerak. Shaklda birgalokda ishlash funktsiyasi yoqilganligi sababli, siz loyihadagi sherigingizni ushbu shaklni birgalikda to‘ldirishga taklif eta olasiz.

Asosiy amaliy qadamlar:

  • Qanday qilib ariza topshirish va tez-tez beriladigan savollarga javoblar haqida batafsil ma’lumot olish uchun quyidagi havoladan materiallarni yuklab oling
  • Axborot sessiyasida qatnashing (ixtiyoriy)
  • Onlayn arizani belgilangan muddatdan oldin to‘ldiring: 2025 yil 23 iyun (15:00 BST)

Arizani to‘ldirish uchun qo‘shimcha yordamga ehtiyojingiz bo‘lsa, bizga murojaat qilings

Axborot sessiyalari

Dastur haqida ko‘proq ma’lumot olish va ariza topshirish yo‘llarini vebinarlarimizning birida bilib oling:

  • Seshanba, 6 may, soat 8:00 (BST)
  • Chorshanba, 7 may, soat 9:00 (BST)
  • Chorshanba, 14 may, soat 10:00 (BST)
  • Payshanba, 15 may, soat 9:00 (BST)

Havola orqali ro‘yxatdan o‘ting

Biz bilan bog‘laning

Instagram

Facebook

X

Yuklanmalar:

Ilovalar to‘plami va savol-javoblar

Tashqi havolalar