O'zbekistondagi Britaniya Kengashi kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga uzoq muddatli hissa qo‘shish maqsadida ijodiy sanoat xaritalash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Dasturning asosiy maqsadi - miqdoriy va sifat manbalariga tayangan holda O‘zbekistondagi kreativ industriyalarning umumiy ma’lumotlarini taqdim etish, sohaning manfaatdor tomonlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish hamda sohani yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keyingi qadamlar bo‘yicha tavsiyalar berishdan iborat edi. Bizning xulosalarimizni ishlab chiqishda mualliflar quyidagilarga tayangan holda ish olib bordilar: mavjud rasmiy statistikadan unumli foydalanish; tegishli adabiyotlar taqrizlaridan samarali foydalanish; manfaatdor tomonlar va bir qator soha mutaxassislari bilan fokus-guruhlar tashkil etish; va ijod biznes korxonalarining ochiq so'rovini o’tkazish.
Ushbu hisobotda quyidagilar o’rin olgan:. Hisobot, xususan, ma'lumotlarga bo'lgan ehtiyojni muvofiqlashtirish, ko'nikmalar strategiyasiga (ayniqsa, biznes, marketing va ishlab chiqarish ko'nikmalariga) e'tiborni qaratish va hukumat hamda kreativ industriyalari o'rtasida tizimli hamkorlik zarurligini ta'kidlagan bir qator tavsiyalarni taqdim etadi. Tavsiya etilgan yo'llarning tafsilotlari "Asosiy topilmalar" bo'limidagi har bir mavzu ostida, hujjat oxirida tavsiyalarning to'liq umumlashtirilgan ro'yxati bilan tavsiflanadi.
Belgilangan ehtiyojlarning asosiy yo'nalishlari quyidagilardir:
- Ijodiy industriyaning yagona ta'rifini tasdiqlash
- taklif etilgan Maʼlumotlarni Takomillashtirish Rejasiga toʻliqroq maʼlumotlarni kiritish
- anʼanaviy sanʼat va hunarmandchilik sohalarining ayrim tarmoqlarini yangicha yo’sindagi badiiy amaliyotlar va raqamli texnologiyalar bilan uygʻunlashtirish
- kreativ korxonalarning yangi klasterlarini va ularni qo'llab-quvvatlash uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni aniqlash maqsadida galdagi tadqiqotlar va mintaqaviy ma'lumotlarni to'plash
- tadbirkorlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi, intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish va mualliflik huquqini himoya qilish, fiskal rag‘batlantirish va malaka oshirish kabi masalalarni hal qilish uchun qo‘shma davlat-sanoat organini tashkil etish
- biznes va tadbirkorlik ko'nikmalariga, shuningdek, kreativ va texnik sohalari ko'nikmalariga bo'lgan ehtiyojlarni e’tiborga olish
- mamlakatda sarmoya va biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda kreativ industriyani xalqaro miqyosda ilgari surish bo‘yicha mavjud tashabbuslarni yanada takomillashtirish
- mamlakatda va xorijda madaniy meros turizmini rivojlantirishga yanada muvofiqlashtirilgan yondashuv
- tomoshabinga yo’naltirilgan rivojlanish strategiyalarini ko’rib chiqish (ayniqsa Toshkent shahridan tashqari hududlarda).