Boiler Room tadbiri Oʻzbekistonda ilk bor 2023-yil mart oyida Britaniya Kengashi koʻmagida Sublimation musiqa platformasi bilan “Fizika-Quyosh” Institutida boʻlib oʻtdi.

Boiler Room – Londonda joylashgan onlayn musiqa tarqatuvchi va klub promouteri. U asosan xalqaro miqyosdagi joylarda underground janrlarga qaratilgan raqs musiqasi tadbirlarini o’tkazadi va shoularni internet orqali jonli efirga uzatadi.

Sublimation – bu musiqa va san’at orqali his-tuyg’ular va tajribalarning shaxsiy ifodasini rag‘batlantirish maqsadida tashkil etilgan platforma. O‘z hamjamiyati uchun xavfsiz joylarni yaratishga bag‘ishlangan Sublimation O‘zbekiston va Latviyada joylashgan bo‘lib, ular 2021 yildan buyon musiqiy kechalarni o‘tkazib keladi.

Boiler Room tarixida birinchi marta ular mahalliy Sublimation jamoasi bilan hamkorlikda mamlakatning musiqa evolyutsiyasini nishonlash uchun O‘zbekistonga yo‘l olishdi. 2023-yilning 19 va 20-mart kunlari bo‘lib o‘tadigan tadbirning birinchi kuni poytaxt Toshkentning elektron musiqa vakillariga bag‘ishlangan bo‘lib, shahardagi eng yaxshi DJ-larni birlashtirgan bo‘lsa, ikkinchi kuni O‘zbekistonning boy musiqa tarixiga bag‘ishlandi.

Birinchi kun dunyoda mavjud ikkita noyob parabolik reflektordan biriga ega o‘lgan Sovet davridagi tadqiqot markazi “Fizika-Quyosh” Institutida o‘tkazildi. U yerda Sublimation Kebato, Mari Breslavets, Xyarim va jamoa asoschilaridan biri Sabinēlarning DJ setlarini taqdim etdi.

Ikkinchi kun O‘zbekiston Davlat amaliy san’at muzeyida bo‘lib o‘tdi va unda sozandalar mamlakatning nodir musiqa tarixini taqdim etish maqsadida an’anaviy cholg‘u asboblarida ijro etishdi. Sahnaga Azizbek Qalandarov, G‘ulomjon Muhamedjonov, Javharbek Ismoilov, Mansur Ahmedov, Otabek Sobirjonov va Toir Qoziyevlar chiqdi.