Crafting Futures Britaniya Kengashining uch yillik global dasturi bo’lib, u hunarmandchilik kelajagini, hunarmandlarning faoliyatini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan edi.

Mazkur dastur O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Savdo palatasi ko’magida Leisester universiteti va “Hunarmand” uyushmasi hamda “Human House” san’at gallereyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Dastur 2019-yilda sinov tariqasida amalga oshirilib, uning doirasida bir qator yuksak o’rta va uzoq sitiqbolli maqsadlar qo’yildi.

O’rta istiqbolda dastur quyidagi maqsadlarni ko’zladi:

  • Turli tuman ayol-u erkaklar, yigit-quzlar, har xil aholi guruhlarini san’at va madaniyat orqali birlashtirib soha faollari ijodkorligiga yanada mustahkam zamin yaratishda ko’maklashish.
  • Soha ixlosmandlarining munosib ish topish, tadbirkorlik ko’nikmalarini rivojlantirish hamda ijodkorlik yo’nalishlarida mavjud bo’lgan to’siqlarni bartaraf etish orqali jamoatchilik hayotida yangi yetakchilarning yetishib chiqishiga keng yo’l ochib beruvchi barcha soha vakillariga qulay, keng qamrovli muhit yaratishga yordamlashish.

Dastur hamkorlarining uzoq istiqboldagi maqsadlari esa quyidagilardan iborat:

  • Hunarmand ahli va ixlosmandlarining ijodkorlik, o’z o’zini ifodalash salohiyatini oshirishga hyordam berib butun jamiyatni yanada ochiqroq va keng qamrovli bo’lishiga, ijtimoiy kapitalni ko’paytirishga hamda global miqyosdagi tengsizliklarga barham berish va iqtisodiy o’sish mevalaridan barcha insonlar teng bahramand bo’lishiga ko’maklashish.
  • Hunarmanlik madaniyatining qadrini yuksaltirib, uning barqarorligini oshirish orqali joylarda va butun dunyo miqyosidagi muammolarni yechish hamda madaniy xilma-xillik va ijodkorlikni ilgari surish.
  • Ijodkorlik va madaniyat sohalarida yanada barqarorroq va kamsitishlardan xoli bo’lgan tadbirkorlik faoliyati va ekotizimini shakillantirishga ko’maklashib, ushbu sohada uzoqni ko’zlovchi ijobiy siyosiy o’zgarishlarni amalga tadbiq qilishga yordamlashish.

Dasturning dastlabki va tajribaviy bosqichlarida amalga oshirilgan loyihalari doirasida jamlangan ma’lumotlarning tahlili natijasida bir qator chora-tadbir va yechimlar taklif etildi. Biroq, taklif etilgan chora-tadbirlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga O’zbekistonda Covid-19 pandemiyasi tufayli joriy etilgan cheklovlar jiddiy to’sqinlik qildi. Natijada bir nechta loyihalar qayta ko’rib chiqildi.

Ushbu loyihalar tafsilotlari dastur hisobotida keltirilgan (PDF 745 KB).

In this section