O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi har bir mamlakatda “Yilning yovvoyi tabiat fotosuratchisi Akademiyasi” dasturi uchun ijrochi hamkorlarni izlamoqda. Dastur Londondagi Tabiat muzeyi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda ikki haftalik fotografiya mahorat darslari va ko‘rgazmalardan iborat.
Ushbu loyihaning asosiy maqsadi Oʻzbekiston yoshlari va ularning tabiat va atrof-muhit bilan munosabati haqidagi hikoyalarini ijodiy fotografiya vositasida tinglashdan iborat.
Dasturdan ko’zlangan maqsadlar:
- yoshlarni tabiat bilan yaqin bo‘lishga undash
- yoshlarni tabiat to‘g‘risida hikoya qilishga va foto orqali aks ettirib qo‘yishga jalb etish
- ekologiya, iqlim o‘zgarishi va bu muammolar ularning atrofi va jamiyatlariga qanday ta’sir qilishi haqida suhbatni boshlash uchun yoshlarni undash va o‘zlariga ishonch hosil qilish
- yakuniy ko‘rgazmani hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etish
- qozog‘iston va O‘zbekistondagi hamkorlar bilan tabiat dunyosi va biologik xilma-xillikni tushunishga ilhomlantiradigan, unga tanqidiy qarashga va tadqiq qilishga undaydigan mazmunli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish.
Mahalliy sherikdan quyidagilar talab qilinadi:
- o‘zbekistondagi dasturlarga barcha ishtirokchilarni jalb qilish va saralash uchun mahalliy maktablar yoki boshqa tashkilotlarni aniqlash
- seminar dasturini o‘tkazish va unga ko‘maklashish
- ko‘rgazma va bog‘liq tadbirlarni uyushtirish (bosma, ramkalar, ko‘rgazma dizayni) va ularni qabul qilish
- dastur hisoboti va uni baholashni tayyorlash.
Qatnashuv mezonlari
- Biz Toshkentdagi tashkilotlardan takliflarni qabul qilishimiz mumkin. Biz jamoalar/tashkilotlar konsorsiumlaridan takliflarni qabul qilamiz, ammo barcha hamkorlar va joylar ko‘rsatilgan shaharlarga asoslangan bo‘lishi va quyida ko‘rsatilgan malaka va imkoniyatlarni namoyish qilishi kerak.
- Biz faqat xalqaro madaniy tadbirlar va anjumanlarni tashkil etishda tegishli tajribani namoyish eta oladigan, dasturni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jamoa va resurslarga va byujetni boshqarish uchun moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan tashkilotlar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlardan takliflarni kutib qolamiz.
- Dastur shaxsan bajariladi. Ijrochi hamkor yoshlar (15–17 yosh) bilan targ‘ibot loyihalarini o‘tkazish bo‘yicha mustahkam ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishi va turli tadbirlarni raqamli qilish bo‘yicha texnik tajribaga ega bo‘lishi kerak.
- Mahalliy bajarish guruhi ingliz tilini yaxshi bilishi va Buyuk Britaniyadagi hamkorlar bilan muloqot qila olishi kerak.
- Qatnashmoqchi bo‘lgan tashkilotlar rejalashtirilgan dastur va tadbirlar asosiy sanalarga muvofiq amalga oshirilishini va Britaniya Kengashiga zarur hisobotlar taqdim etilishini tasdiqlashlari kerak.
Takliflarga qo‘yilgan talablar
Onlayn ariza quyidagilardan tashkil topadi:
- muvofiqlik mezonlarida ko‘rsatilgan ko‘nikmalar, bilim va tajribani namoyish qilish uchun qiziqish xati
- ijrochi guruhi va ularning tegishli tajriba va ko‘nikmalarning qisqa tavsifi
- byudjet taklifi.
Saralashga muvofiq Britaniya Kengashi tanlab olingan arizachilar bilan onlayn intervyu o‘tkazishi mumkin.
Taxminiy muddatlar
Seminar va ko‘rgazmaning batafsil muddatlari tanlab olingan hamkor bilan muhokama etiladi.
- 2023 yil 16 noyabr: Ijrochi hamkorni ochiq tanlovini boshlash
- 2023 yil 30 noyabr:Takliflarni berish uchun oxirgi muddat
- 2023 yil 10 dekabr: Ijrochi hamkorni tasdiqlash
- 2024 yil yanvar – mart: Seminarni tayyorlash jarayoni
- 2024 yil aprel – iyun: Seminar dasturini bajarish va ko‘rgazma
Iltimos, mahalliy ijrochi hamkor uchun dastur fazalari, texnik talablak, byudjet tavsiyalar berilgan Texnik topshiriqni yuklab oling va o‘qing. Pastga qarang “Downloads”.
Ariza berish jarayoni
Ariza topshirish uchun onlayn shaklni 2023-yil 30-noyabrgacha to‘ldiring.
Arizalar ingliz tilida.
Inobarga oling, faqat saralab olingan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.
Agar kechi bilan 10 dekabrda bizdan elektron xat olmasangiz, arizangiz muvaffaqiyat qozonmadi degani.