O’zbekistondagi Britaniya Kengashi tasviriy san’at sohasidagi loyihalarga ulkan e’tibor qaratadi. Biz O’zbekistonda Britaniyalik rassomlar ko’rgazmasini tashkillashtiramiz, Britaniya va O’zbekiston galereya va muzeylari o’rtasida aloqalarni rivojlantirishga hissa qo’shamiz, san’at va madaniyat sohasidagi Britaniyalik rassom va mutaxassislarni qo’shma loyihalarda ishtirok etish uchun taklif etamiz. 

Britaniya Kengashi milliy sheriklar bilan hamkorlikda san’at sohasidan ta’lim beruvchi tadbirlar uyushtiradi va ularni qo’llab-quvvatlaydi; ular yetakchi rassomlar, kurator va muzey mutaxassislari ishtirokidagi forumdan boshlab, to yosh mutaxassislarning amaliy ta’lim olishlarigacha bo’lgan tadbirlarni o’z ichiga qamrab oladi.  

BARQAROR RIVOJLANISH YO’LIDA TA’LIM VA SAN’AT:

O’zbekistondagi Britaniya Kengashi Madaniyat vazirligi qoshidagi San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg’armasi hamda Toshkentdagi Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi keramika (sopol) buyumlari bo’yicha “Barqaror rivojlanish yo’lida san’at” deb nom olgan, san’at-rezidentsiyasi dasturini yo’lga qo’ydi.  

Sherik tashkilotlar: 

  • O’zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 
  • San’at va madaniyatni rivojlantirish jamg’armasi
  • O’zbekistondagi asosiy keramika buyumlari studiyalari 
  • O’zbekiston Davlat San’at va madaniyat instituti (jumladan rassomlar, san’atshunoslar va tadqiqotchilar) 
  • Milliy Tasviriy san’at gelereyasi 
  • Amaliy san’at muzeyi 
  • Britaniya Kengashi
  • O’zbekistondagi Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi 
  • Kornwell Leach Pottery (kulolchilik) 
  • Uels San’at Kengashi  
  • O’zbekistonning Londondagi Elchixonasi  

Dastur Leach Potterydan Metyu Foster (Mattew Foster), Karmarzen San’at maktabidan Lindy Martin va Jacob Chan, san’atshunos olim Eva Skalla, kabi Britaniyalik san'at vakillari, shuningdek Toshkent, Rishton, Andijon, Samarqand, G’ijduvan, Shahrisabz, G’ilon va Xorazmlik mashhur ustalarni bir yerga to’pladi.  

Loyiha maqsadi: 

  • Barqaror rivojlanish bo'yicha aholi ogohligini oshirish va jalb etish, odamlarni shunday yashash va mehnat qilishlariga imkon yaratishki, natijada ularni o’rab turgan olamga ijobiy ta’sir o’tkazsinlar; 
  • Qanday qilib san’at barqaror rivojlanishga hissa qo’shishi va zamonaviy san’at rivojlanishiga qanday ta’sir o’tkazishi mumkinligini o’rganish maqsadida, san’at sohasidagi O’zbekistonlik va xorijiy talaba va kasb ustalari o’rtasida sheriklik munosabatlari o’rnatish;
  • Milliy san’at va ta’lim dasturlari doirasida barqaror rivojlanish maqsadlarining ustuvorligini ta’minlash;
  • Madaniy aloqalar va atrof-muhit yetakchilarining navbatdagi avlodini shakllantirish va qo’llash.

O’zbekiston keramika ustachiligining boy madaniy tarixini o’rganish maqsadida, Birlashgan Qirollikdan kelgan san’at vakillari keramik buyumlar ustachiligining Toshkent, Farg’ona, Samarqand va Buxorodagi eng taniqli maktablariga tashrif buyurib, hozirgi kungacha qadimiy an’analarga sodiq bo’lib kelayotgan ustalar bilan uchrashdilar. “Dunyo bo’ylab” teledasturi ijodkorlari ham ushbu turga qo’shilib, hayajonli sayohatni tasvirga tushirdilar. 

Loyihaning muhim elementlari: 

  • Rassomlar/rezidentsiyalar bilan almashish, bu yerda kulolchilik va keramika ustachiligi eng asosiy soha sifatida;
  • Barqaror rivojlanish va san’at, rassomlar o’rganadigan eng asosiy mavzu sifatida; 
  • O’zbekistonda hamkorlikda o’tkaziladigan seminarlar/ishlaydigan ustaxonalar;
  • Ta’lim sektorini jalb etish: biz San’at va dizayn instituti talabalarini mahorat darslari, tadqiqot va nashrlar/film suratga olish tadbirlariga jalb etamiz;
  • Hamkorlik natijasida ham O’zbekiston, ham Birlashgan Qirollikda ko’rgazmalar o’tkaziladi;
  • Ikkala mamlakatda kulolchilik/keramika ustachiligi yo’nalishida sheriklikda amalga oshirilayotgan tadbirlar to’g’risida so’zlab berish hamda tajriba/bilim almashish uchun, raqamali texnologiya vositalari orqali tadbirlar o’tkazish;
  • Birlashgan Qirollikda kulolchilik tarixi haqida va O’zbekistonda keramika ustachiligi hamda hamkorlik natijalari to’g’risida so’zlovchi filmlar ishlab chiqarish (siz o’zaro bir-xil/har-xil deb topgan narsalar);
  • Boshqa mamlakatlar bilan ham aloqalarga kirishish salohiyati.

BIZNING AVVALGI LOYIHALAR:

Genri Mur: Naqqosh

2015 yilda biz O’zbekistonda Genri Murning katta muvaffaqiaytga erishgan Naqqoshlik dasturini amalga oshirdik. U keng ko’lamli ta’lim dasturini o’zida mujassam etib, unda Devid Mitchinson (David Mitchinson) va Sara Jilet (Sarah Gillette) tomonidan siyosiy chora-tadbirlar yuzasidan bir qator muzokaralar, ma’ruzalar va mahorat darslari o’tkzailgan. 

Yangi o’tmish: Birlashgan Qirollikdan Zamonaviy san’at

2016 yilda Britaniya Kengashi O’zbekistondagi faoliyatining 20 yillik to’yini nishonlash uchun, biz “Yangi o’tmish: Birlashgan Qirollikning ko’rgazmalar/dasturlar bo’yicha zamonaviy san’ati” deb nom olgan, tadbir uyushtirdik. Unda Britaniya Kengashi to’plamidan o’rin egallagan 20 ta rassomlarning oxirgi yigirma yil davomida Britaniya rassomchiligi sohasidagi amaliyotining keng qamrovli va kuchli bo’lganini ifodalovchi asarlari namoyish etildi; ko’rgazmadan Britaniya Yosh Rassomlari guruhiga mansub Dem'yen Xerst (Damien Hirst), Jeyk va Dinos Chapman (Jake and Dinos Chapman), Gavin Turk va Sara Lukas (Sarah Lucas) larning asarlari joy oldi. Dastur davomida Emma Dekster (Emma Dexter) tomonidan siyosiy chora-tadbirlar bo’yicha muzokaralar va ma’ruzalar o’tkazildi va u, Britaniya Kengashi Madaniy ko’nikmalar bo’limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan, Freda Matassa tomonidan o’tkazilgan “Qanday qilib jahon andozalari darajasidagi ko’rgazmalarni uyushtirish” deb nom olgan, o’quv kurslari bilan davom etdi.