First ever Shakespeare Festival in Uzbekistan

San’at sohasidagi dasturimizning bir qismi sifatida, biz teatr yo’nalishida kasbiy ta’lim berishni tizimli tarzda o’zgartirishni qo’llab-quvvatlaymiz va bundan soha yangiliklar yarata olishiga imkon berishni, auditoriyalarni rivojlantirishni va O’zbekistonni xalqaro darajadagi obro’sini oshirishni nazarda tutamiz.

U Markaziy Osiyo mamlakatlari uzra global ekskursiya va Birlashgan Qirollik-O’zbekiston Teatr Forumidan boshlanib, Rouz Bruford Kolleji (Rose Brufford) bilan teatrni rivojlantirish dasturi bo’yicha a’lo darajadagi sheriklik aloqalari o’rnatilishigacha borib yetdi. Mazkur hamkorlik San’at va madaniyat instituti murabbiy va talabalari hamda O’zbekiston Yoshlar teatri yosh aktyorlari uchun Sheikspirning sonata va monologlari bo’yicha mahorat darslarini o’tkazishdan boshlanib, O’zbekistonning aksariyat oliy ta’lim muassasalari ishtirokidagi milliy Sheikspir Festivali shaklida (bizning Ingliz tili dasturimiz bilan hamohang tarzda) davom etdi. 

Hamkorlikning navbatdagi bosqichlari, bunda Institut va O’zbekiston teatrlariga foyda berishi kutilgan, ovozni qo’yish (postanovkalash) modulini ishlab chiqishdan (jumladan, murabbiylarni o’qitish va materiallarni tayyorlashdan) iborat bo’lgan. Bu ish 2017 yilning noyabr oyidagi qo’shma harakatlar va ovozni qo’yish modulini ishlab chiqarilishi bilan davom etgan. 

Bundan tashqari, 2017 yil noyabr oyida Rouz Bruford Kolleji konsultantlari hamda San’at va madaniyat Instituti jamoasi zamonaviy san’atni boshqarish modulini ishlab chiqish imkoniyatlarini o’rganib chiqdilar.