Сreative Producers - bu Britaniya Kengashining uch yillik dasturi bo’lib, Markaziy Osiyo mamlakatlarida (Qozog’iston va O’zbekiston) ijodiy loyiha va dasturlarni ommalashtirishga qaratilgandir.
Biz olib borgan tadqiqot va tajribalardan kelib chiqib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, bir qator qiziqarli loyihalar, festivallar va rassomlarning paydo bo’lishi olamshumul voqeaga aylandi. Barcha zamonaviy va eksperimental san’at sahnalari turli amaliyotchilar rahbarligi ostida shakllantiriladi.
Ushbu amaliyotchilar barcha zarur ko’nikmalarni va o’ziga ishonchni rivojlantirishlarini maqsaq qilgan holda, mahalliy san’at va madaniy jamoalar ko’magi bilan noan’anaviyligi uchun tan olingan janrlararo san’at asarlarini ishlab chiqish va ijro etish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Biz ijodiy tajribani rag’batlantira oladigan, musiqiy janrlar va badiiy shakllarda ishlashni his qila oladigan ijodiy prodyuserlar guruhini yaratmoqchimiz. Markaziy Osiyoning ijodiy va madaniy sohalarida yangi nomlarni yaratish va ushbu mintaqada Buyuk Britaniyaning yangi tarmoqlararo san’at asarlarini targ’ib qilish istagidamiz.