“Connections Through Culture” (“Madaniyat orqali aloqalar”) (CTC) dasturi Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ijodiy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlaydi.
CTC dasturi ijodkorlar, madaniyat sohasi mutaxassislari, rassomlar, tashkilotlar, festivallar, biennalelar, madaniyat markazlari va ijodiy birlashmalarni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan. Eng turli mavzu va yo‘nalishlardagi ijodiy loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi. Dastur Buyuk Britaniya va ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida muhim hamkorlik aloqalari, madaniyatlararo almashinuv va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Bu yil CTC dasturi kengaytirilib, unga tasviriy san’at sohasidagi “Biennials Connect (Visual Arts)” loyihalarini, shuningdek, arxitektura, dizayn va moda sohalaridagi biennale va festivallarni qo‘llab-quvvatlash ham kiritildi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun ariza topshirish bo‘yicha qo‘llanma va tez-tez beriladigan savollar (FAQ) bo‘limi bilan tanishib chiqing.
Dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirish
Arizalar qabuli boshlandi. Ariza topshirishdan avval nomzodlar uchun mo‘ljallangan barcha ma’lumotlar bilan diqqat bilan tanishib chiqing va ariza topshirish bo‘yicha qo‘llanmani (Application Toolkit) yuklab oling.
Arizalarni topshirishning oxirgi muddati — 2026-yil 12-avgust, Britaniya yozgi vaqti (BST) bilan 23:59.