Connections Through Culture Grants 2025, image

Madaniyatlar orqali do‘stlik va hamkorlik loyiha Buyuk Britaniya va Osiyo-Tinch Okeani hamda Yevropaning ayrim mamlakatlari, jumladan Oʻzbekiston oʻrtasidagi yangi madaniy hamkorliklarni rivojlantiradi. Ushbu loyiha rivojlanishning har qanday bosqichidagi san’atkorlar va madaniyat tashkilotlarining yangi g‘oyalari va hamkorliklarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Madaniyatlar orqali do‘stlik va hamkorlikling ushbu bosqichi ikki yoʻnalishga qaratilgan loyihalar qoʻllab-quvvatlanadi: xilma-xillik, inklyuzivlik, shuningdek, iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish. Chegaralararo va sanʼat yoʻnalishlari oʻrtasidagi hamkorliklar ushbu global muammolarni hal etish va yangi gʻoyalar uchun zamin yaratadi.

Mazkur loyihalar sanʼatkorlar, madaniyat sohasi mutaxassislari, ijodkorlar hamda sanʼat va madaniyat tashkilotlari oʻrtasidagi yangi aloqalar, tajriba almashish va hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydi.

2025-yil loyiha ishtirokchilari: Oʻzbekiston

Connections Through Culture – Mapping Samarkand public and communal spaces

Samarqanddagi jamoat va umumiy foydalanish joylarini xaritalash

Buyuk Britaniya: Elisa Wynne-Hughes

Oʻzbekiston: Anastasiya Galimova, “Art Station” galereyasi

Loyiha sovet davrida qurilgan mikrorayonlar va yangi turar-joy majmualarida jamoat hududlaridan kundalik foydalanishni oʻrganishga bagʻishlangan. U xususiylashtirish va xavfsizlik choralarining bu joylarga taʼsirini tahlil etib, kuzatish, muhokama va qoʻshma xaritalash orqali shahar hayotini o‘rganishda amaliy hamda inklyuziv yondashuvlarni rivojlantirishni maqsad qiladi.

Connections Through Culture – Qizlar Tour

Qizlar Tour

Buyuk Britaniya: Izba Arts

Oʻzbekiston: Qizlar Collective

Loyiha ayollar ovozini markazga qo‘yib, chegaralararo ijodiy faoliyatni o‘rganadi. O‘zbekistonlik san’atkorlar Londondagi muhojir va turli millat ayollar guruhlari bilan, britaniyalik san’atkorlar esa Toshkentdagi ayollar bilan hamkorlik qiladi. Qo‘shma tadqiqotlar, seminarlar va ijodiy jarayonlar orqali loyiha bilim almashish, fikrlash va birdamlikni rivojlantiradi.

Connections Through Culture – The Socialist Anthropocence in the Visual Arts (SAVA) in Uzbekistan

SAVA – O‘zbekistonda

Buyuk Britaniya: Translocal Institute for Contemporary Art

O‘zbekiston: DAVRA Research Collective

Markaziy Osiyoda ilk bor SAVA – The Socialist Anthropocene in the Visual Arts dasturi o‘tkaziladi. Mazkur mintaqa, resurslarni ijtimoiylashtirish strategiyalari ta’sirida rivojlangan, global muhokamalardan tashqarida qolmoqda. DAVRA kollekti­vi Translocal Institute bilan hamkorlikda san’atkorlar, kuratorlar va madaniy xodimlar uchun bir haftalik dastur tayyorlashi rejalashtirilgan.

Connections Through Culture – Unravelling the Silk Road: An Anglo-Uzbek Bio-Art Exchange

Ipak yoʻlining sirlarini ochish: Ingliz-oʻzbek bio-sanʼat almashinuvi

Buyuk Britaniya: Anna Dimitriu

Oʻzbekiston: Oʻzbekiston zamonaviy sanʼat muzeyi (Urganch)

Loyiha BioArtist Anna Dumitriu va kurator Shirin Tashova oʻrtasidagi hamkorlik bo‘lib, Ibn Sinodan zamonaviy sogʻliqni saqlash muammolarigacha boʻlgan tibbiyot tarixini oʻrganadi. Dumitriu ipak va tabiiy boʻyoqlar bilan yangi asarlar yaratadi. Seminarlar va mentorlik orqali muloqot yo‘lga qo‘yiladi hamda loyih yakunida muzeyda koʻrgazma tashkil etiladi.

Connections Through Culture – Women Watch Uzbekistan Screenings

Women Watch Uzbekistan namoyishlari

Buyuk Britaniya: Klassiklar

O‘zbekiston: Toshkent kino maktabi

Ushbu namoyishlar, mahorat darslari, seminarlar va jamoatchilik muhokamalari ayollar huquqlari va hikoyalarini yoritadi. Turli filmlarni namoyish etish orqali festival ayollar huquqlari, gender tengligi va turli madaniyatlardagi ayol sanʼatkorlar duch kelayotgan qiyinchiliklarni muhokama qiladi. Gʻoya WOMEN WATCH UZBEKISTAN loyihasidan kelib chiqqan bo‘lib, u kinematografiyada yangi ayol ovozlarini kashf etadi.

Avvalgi loyihalar bilan tanishing