Creative Producers dasturining natijalaridan biri bu yosh rejisser Maksim Fadeevning ИЛИтеатр.ortheatr eksperimental loyihasi.
Dastlabki spektakllardan biri Irlandiyalik yozuvchi Samuel Beckettning " Godoni kutib "asari asosida yaratilgan "Kutish. Godo mavzusidagi xayolotlar " veb-spektakl bo’ladi. Spektaklning yangi ijodiy namoyishi - bu har xil formatdagi (video, audio, vizual materiallar, matnlar) kundalik postlar seriyasi, ijtimoiy tarmoqlarda hayotni taqlid qiladigan spektakl-blogdir. Taxmin qilinishicha, spektakl ikki oy davom etadi va uning davomiyligi tomoshabinlarning fikr-mulohazalariga bog'liq bo'ladi.
Loyihani kuzatish ya’ni uni ko’rishingiz, eshitishingiz va o'qishingiz uchun siz har kuni loyiha sahifasiga tashrif buyurishingiz kerak.
Rollarni iqtidorli aktyorlar ijro etadilar:
Estragon - Asqar O'rmonov
Vladimir - Vladimir Yudin