2021-yil dekabr oyida "Hunarmand" uyushmasi, “Human House” san’at gallereyasi va Leisester universiteti tomonidan tashkil etilgan “Toshkent 2021” hunarmandchilik yarmarkasida o’zbekistonlik yetmish nafar hunarmand o’z mahsulotlarini namoyish etish uchun Toshkentga yig’ildi.
Tadbirga 6000 dan ortiq kishi tashrif buyurdi. Hunarmandchilik yarmarkasi davomida loyiha ishtirokchilari umumiy qiymati 70 000 AQSh dollariga teng milliy va xalqaro buyurtmalarni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldilar.
Turli xil hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish etishdan tashqari, doktor Stiv Konvey va doktor Martin Kvinn tomonidan hunarmand ayollar uchun marketing bo’yicha trening o’tkazildi. Ushbu o’quv mashgulotida bozor segmentatsiyasi kabi marketing tushunchalari to’g’risida ma’lumot berildi.
Trening va Toshkent 2021 hunarmandchilik yarmarkasi ko’rgazmasida ishtirok etish tajribasi bilan o’rtoqlashgan dastur ishtirokchilari bilan suhbat.