2019 yilda Britaniya Kengashi Buyuk Britaniyadagi universitetlar, shuningdek, O’zbekistondagi hunarmandchilik tashkilotlari o’rtasida ushbu dasturni amalga oshirish maqsadida hamkorlarni topish uchun ochiq tanlov e’lon qilgan edi. Natijada Buyuk Britaniyadan ikkita hamkor aniqlandi - Qirollik San'at Koledji (Royal College of Art) hamda Lester Universiteti.
2019 yilning oktabr oyida o’tkazilgan o’quv-amaliy safari (Scoping Visit) natijasida, britaniyalik hamko’rlar O’zbekiston hunarmandchilik sohasidagi vaziyat to’g’risida hisobot tayorladilar. Hisobotga ko’ra, mamlakatdagi hunarmandchilik sanoatini takomillashtirish, xususan, yangi ish boshlovchilar va tajribaga ega hunarmandlar o’rtasida biznes ta’limi sifatini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar bayon qilingan. Uch yilga mo’ljallangan loyihaning navbatdagi bosqichi britaniyalik hamko’rlar tomonidan soha yetakchilari va amaliyotdagi hunarmandlar uchun 2020 yil fevral-mart oylarida O’zbekistonda o’tkazilishi lozim bo’lgan o’quv seminarlari tashkil etishdir.