2021 yilda turli mamlakatlarning KMO (Kreativ Markaziy Osiyo) a'zolari birlashib, Markaziy Osiyoda kreativ va madaniy rahbarlar tarmog'ini - Creative Central Asia Networks ni ochishga qaror qildilar. Uning vazifasi Markaziy Osiyoda kreativ industriyani rivojlantirishga hissa qo'shish, hamda Markaziy Osiyo mamlakatlarining har birida kreativ tadbirkorlarning sanoat birlashmalari uchun asos yaratishdan iboratdir.
Mulkchilikning turli shakllari va huquqiy maqomidan qat'i nazar, a'zolik mezonlariga javob beradigan va "Welcome to CCAN!" saytida ro'yxatdan o'tish formasini to'ldirgan barcha shaxslar va tashkilotlar KMOT ga a'zo bo'lishlari mumkin.
Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan Creative Central Asia 2021 Boshqaruv qo'mitasining a'zolari va ushbu Kengashdagi Britaniya Kengashining vakillari KMOT kengashi tashkil etilayotgan paytda avtomatik ravishda qabul qilinadi.
Mintaqaviy KMOT Markaziy Osiyo mamlakatlarining har birida mahalliy uyushmalarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin bo'lgan mintaqaviy darajadagi tovar, huquqiy tuzilma va standartlar, nazorat ro'yxatlari, protseduralar, biznes jarayonlarini yaratash bilan shug'ullanadi. Mahalliy uyushmalarning huquqiy tuzilishi, moliyalashtirish manbalari va hajmi mahalliy tashkilotchilar tomonidan tanlanadi. KMOT bilan hamkorlik tashkilotning logotipi va boshqa ramzlardan foydalanish, uning vazifasi va tamoyillariga rioya qilish orqali e'lon qilinadi.
KMOT tashkilotining keying yil uchun rejasi:
- mamlakatlarda mahalliy uyushmalar tashkil etish;
- Markaziy Osiyodagi kreativ tadbirkorlik bo'yicha ma'lumotlar bazasini yaratish;
- kreativ sohalar uchun ta'lim resurslari ma'lumotlar bazasini yaratish;
- kreativ industriyani rivojlantirish bo'yicha yo'l xaritasini ishlab chiqish va uni mahalliy uyushmalar yordamida har bir mamlakat sharoitlariga moslashtirish.
- Tanlov
KMOT Markaziy Osiyodagi barcha besh mamlakat uchun uchta tanlov e'lon qildi. Tanlov natijalari onlayn tadbirlar davomida taqdim etiladi. Bizga Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston va Tojikistondan 27 ta murojaat kelib tushdi. Tanlov natijalari KMOT ijtimoiy tarmoqlarida e'lon qilindi.